Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Uchinchi bosqich 1998-2007 yillarni o‘z ichiga olib, bu bosqichda soliq 
tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni ixchamlashtirish islohotlari boshlanib, soliq 
to‘lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan, 
ixchamlashgan soliq tizimi joriy etildi va ularga soliq hisob-
kitoblarini, 
hisobotlarini 
topshirish, 
hisoblangan 
soliq 
summalarini to‘lash muddatlari qulay holatga keltirildi. 
Xususan, 
mikrofirma 
va 
kichik 
korxonalar 
soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovini to‘lashi, qishloq 
xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar yagona er solig‘ini to‘lashi, 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromaddan 
soliq va mol-mulk solig‘ini to‘lashi belgilandi.
2000 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushishi qiyin 
hisoblangan reklama solig‘i, avtotransport vositalarini olib-
 
 
Uchinchi 
bosqich
 
Ikkinchi 
bosqich


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

473 
sotish solig‘i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulot qoldig‘i uchun 2 foizli 
haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlar bekor 
qilindi. 
2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari 
to‘lab kelingan yagona soliq hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya 
jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 
2007 yil 1 yanvardan boshlab, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
uchun belgilangan yalpi daromad solig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya 
jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalar o‘rniga tanlash huquqisiz yalpi tushumdan to‘lanadigan 
yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 
Malumki, 2005 yildan boshlab O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va 
yangilash, mamlakatni isloh qilish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish 
davri boshlandi. Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi va Senatining qo‘shma majlisida 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan - iqtisodiyotni modernizatsiyalash, 
soliq siyosatini yanada erkinlashtirish hamda takomillashtirish, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Soliq kodeksi iqtisodiy 
islohotlar sohasida davr talablariga javob bermasligi qayd etilib, soliqqa tortish 
masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu 
borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim 
ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki 
birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi va 
amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, shu asosda uni 
yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini 
engillashtirish, 
soliq 
bashqaruvini 
takomillashtirish 
va 
erkinlashtirishni nazarda tutadigan yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksini tasdiqlash topshirildi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin