Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix12.01.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#79026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi

472 
soliqlarning fiskal samaradorligiga erishish chora-tadbirlari 
ishlab chiqilib, bevosita soliq tizimiga joriy etildi. 
Ikkinchi bosqich 1995-1997 yillarni o‘z ichiga olib, bu 
bosqich soliqlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish 
va 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarish 
faoliyatini 
rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 
Soliq tizimidagi islohotlarning ikkinchi bosqichida 
soliqlarni 
korxonalarning 
ishlab 
chiqarishini 
rag‘batlantirishga qaratish maqsadida korxonalar har bir foiz 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgani hisobiga 
foyda solig‘i stavkasi 0,3 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligi 
korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi rentabellik 
darajasidan kelib chiqib, ya’ni rentabellik darajasi 40% gacha 
bo‘lgan korxonalar uchun 3 foizli stavkada, rentabellik 
darajasi 40%dan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun 20 foizli stavkada undirish 
tartibi belgilandi. 
1995 yildan boshlab soliq tizimi ixchamlashtirilib, bir qator samarasiz soliqlar 
va yig‘imlar, ya’ni respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xomashyo resurslari 
uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz ajratma va shu 
kabilar bekor qilindi. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq shkalasi 
o‘zgartirildi. 
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi 
va 1998 yildan amaliyotga joriy qilindi. Bu hujjat orqali soliq qonunchiligini 
mustahkamlash bilan birga, milliy mahsulotlar eksportini, import tovarlar o‘rnini 
bosadigan mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarning ishlab 
chiqarishdagi ishtirokini, mehr-muruvvat ishlarini rag‘batlantirish vazifasi 
kuchaytirildi. 
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash 
maqsadida 1997 yilning 29 avgustida "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonun 
qabul qilindi. Unda, davlat soliq xizmati organlarining asosiy huquqlari, vazifa va 
funksiyalari belgilanishi bilan birga uchastka davlat soliq inspektori lavozimi joriy 
etildi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin