“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
154
tavsiyalar
individual tarzda oz xulosangizni bering. Ushbu vaziyatdan chiqib
ketish harakatlarini izlab topish maqsadida muammoli vaziyat
jadvalini toldiring. Muammoni echish
uchun hamma vaziyatlarni
korib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoni echimini aniq
variantlardan tanlab oling. Jadvalni toldiring. Keys bilan ishlash
natijalarini yozma ravishda ilova eting.
«Muammoli vaziyat»
Aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar Toshkent farmatsevtika institutining «Sanoat
farmatsiyasi» muxandislik fakultetini bitirib, muxandis-texnolog mutaxassisligi
boyicha diplom
oldilar. Respublikamiz farmatsevtika sanoati rivojiga ozlarining munosib xissalarini qoshish
maqsadida ular bankdan kredit olib alkaloidlar ishlab chiqaruvchi «UMAR & USMONS alkoloids»
farmatsevtik kompaniyasini tashkil etdilar. Ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilganda farmatsevtik
firmalarning biridan efedrin gidroxlorid uchun buyurtma kelib tushdi. Efedrin alkaloidi psixoaktiv
zaharli
alkaloid bolib, narkotik moddalar bilan zaharlanganda, bronxial astma,
allergik kasalliklar,
narkolepsiya, enurez kabi xolatlarda qollaniladi. Aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar efedrin
gidroxloridni
Ephedra equisetina
osimligidan ekstraksiya yoli bilan oldilar.
Biroq olingan alkaloid
kerakli terapevtik effektni bermadi. Alkaloidni spektrofotometrik tahlili shuni korsatdiki, efedrin
ekstrakti tarkibida efedrin izomer psevdoefedrin shaklida mavjud bolar ekan.
Ushbu vaziyatda
ekstraktdan samarali terapevtik effekt olish uchun psevdoefedrinni efedringa otkazish kerakligi
aniqlandi. Biroq
aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar
bunday efedrinni psevdoefedringa otkazish
texnologiyasidan bexabar edilar. Ular kompaniyaning mutasaddi xodimlari bilan maslahatlashib
Toshkent farmatsevtika instituti «Sanoat farmatsiyasi» fakulteti ilmiy
jamoatchiligiga murojaat
qilishga qaror qilishdi.
Dostları ilə paylaş: