“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
62 
keng tarqalgan. Er shari florasida o‗simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bor. 
Tarkibida efir moyi bo‗lgan o‗simliklar asosan Ukraina, Moldava, Gruziya, Tojikiston, Qirg‗iziston 
respublikalarida SHimoliy Kavkaz, Qrimda ko‗p o‗stiriladi.
 
Efir moylarini aniqlash 
Efir moylarini olishni bir necha usullari mavjuddir; bular, suv bug‗i yordamida xaydab olish, 
organik erituvchilar bilan ekstraksiya, anfleraj va mexanik ajratib olish. 
Suv bug‗i bilan xaydash – bu usul keng tarqalgan bo‗lib, bunda xom ashyo tarkibida juda ko‗p 
efir moylari bo‗lganda va xaydash xarorati uning sifatiga ta‘sir etmaganda qo‗llaniladi. 
Efir moylarini engil uchuvchan organik erituvchilar bilan ekstraksiyasi (efir, atseton) bunda 
komponentlar termolobil va suv bug‗i yordamida parchalanishiga asoslangandir. Bu Sokslet apparatida 
olib boriladi. Eritmani maydalagandan so‗ng toza efir moyi yoki uning boshqa moddalar bilan 
aralashmasi olinadi. 
Ba‘zida efir moylari ekstraksiyasi yog‗lar bilan xom – ashyoni tindirish bilan olib boriladi. 
Anfleraj (yutish) usuli – Bu usul efir moylarini yangi olingan xom – ashyodan sorbentlar (qattiq 
yog‗lar, faol ko‗mir) yutilish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon maxsus germetik yopiq 
batareyalarga yoqlangan ramkalarda amalga oshiriladi. 
Qattiq yog‗larni (cho‗chqa va mol yog‗lari aralashmasi) ramalarga 3 – 5 mm qatlamda suriladi 
va yangi ashyo bilan 48 – 72 soat ushlab turiladi. So‗ngra xom – ashyoni almashtiriladi va jarayonni 
yog‗lar efir moylari bilan to‗yinguncha qaytariladi. (30 marta) to‗yingan yog‗dan efir moyini spirt 
bilan ajratib olinadi. Spirtli ajratmalarni muzlatiladi, cho‗kmaga tushgan ballast moddalarni filtrlash 
bilan ajratib olinadi, spirtni xaydab, toza efir moyi olinadi. 
Mexanik usul. – bu usul efir moylari meva po‗stlog‗ida bo‗lganda ajratib olinadi, ularni xom – 
ashyoni presslab maydalash usuli bilan amalga oshiriladi. 
Efir moylarini fizik xossalari. 
Efir moylari ko‗pincha rangsiz yoki ba‘zan turli rangda (yashil, och sariq, qizil qo‗ng‗ir) 
bo‗lib, o‗ziga xos xidga va o‗tkir mazaga ega bo‗lgan uchuvchan tiniq suyuqlikdir. Uning engil efir 
moyining zichligi 0,8, eng og‗iriniki 1,182, ular suvdan engil bo‗lishi mumkin.
Efir moylarining kimyoviy tarkibi. 
Atsiklik monoterpenoidlar. Atsiklik terpenlar bular yog‗ qatori to‗yinmagan uchta qo‗shbog‗li 
birikmalardir. Bu gruppa uglevodorolaridan mirsen aniqlangan.
Bitta qo‗shbog‗li va ikkita qo‗shbog‗li birikma – geranioldir.
Geraniol spirti otirguldan olinib, atir gul xidli efir moyidir. Bu guruxga kiradigan maxsulotlar 
(atirgul, limon moylari, kashnichning efir moyi va livasi) tibbiyotda uncha axamiyatga ega emas. 
Bularga o‗simliklardan kashniya mevasi misol bo‗ladi. Monotsiklik terpenoidlar: Ushbu sinf 
birikmalari menton (1 - metil – 4 - izopropilgeksan) skeleti saqlaydi. 
Ularning kislorod saqlagan monotsiklik terpenlardan ko‗proq mentol terpinsol (spirtlar), menton, 
karvonlar mavjuddir. 
Bularga – qalampir yalpiz bargi va moyi, marmarak bargi, ekvalipt bargi va moyi, qorazira 
mevasi va moyi, pirstrum guli o‗simliklari misol bo‗ladi. 
Bitsiklik terpenlar. Bu guruxga kiradigan dorivor o‗simliklarning efir moylari tarkibida asosan 
pinen, borneol, komfora, tuyol, tuyon va boshqa birikmalar bo‗ladi. 
Bularga – archa subtasi, valeriana ildizpoyasi, qorag‗ay kurtagi, komfora daraxti, komforali 
rayxon, sibir pixtasi o‗simliklari kiradi. 
Aromatik monoterpenlar bo‗lgan efir moylari. Bu guruxga kiradigan maxsulotlarning efir moyi 
tarkibida timol, anetol, evgenal va boshqalar bo‗ladi. 
Bularga – arpabodiyon mevasi va moyi, anixel livasi va moyi, figon mevasi va moyi, oddiy 
tog‗jambil er ustki qismi, tog‗rayxon er ustki qismi, evgenolli rayxon. 
Sesvkterpenlar – seskvterpenlar S
15
N
24
uglevodorodlar bo‗lib tabiatda keng tarqalgandir. Bularga 
seskviterpen laktonlar, spirtlar, ketonlar kiradi. seskviterpen laktonlar bitta, ikkita n – yoki n va b – 
lakton xalqalardan iboratdir. 
Seskviterpenoidlar monotsiklik va bitsiklik efir moylaridan iborat. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin