“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Tarkibida kumarinlar saqlagan o„simliklar



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Tarkibida kumarinlar saqlagan o„simliklar 
№ 
O‗simlikning o‗zbekcha va lotincha nomi 
O‗simlikning oilasi 
O‗simlikning 
ishlatiladigan 
organi 

Katta kella (Ammi majus) 
Seldreyguldoshlar 
Apiaceae 
Mevasi 

Oddiy Pasternak (Pastinaca sativa) 
Seldreyguldoshlar 
Apiaceae 
Mevasi 

Xushbo‗y shivid Anethum graveolens 
Seldreyguldoshlar 
Apiaceae 
Mevasi 

Oqquray Psoralea drupacea Bge 
Dukkakdoshlar Fabaceae 
Ildizi va mevasi 
5 Russ gorchnigi Peucedanum ruthenicum 
Seldreyguldoshlar 
Ildizi 

Knidium Cnidium monnieri 
Seldreyguldoshlar
Apiaceae 
Mevasi 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
59 
7 Dorivor qashqarbeda Melilotus officinalis 
Desr 
Dukkakdoshlar Fabaceae 
Er ustki qismi 
Kumarinning unumlari – kumarinlar selderdoshlar - Apiaceae soyabonguldoshlar - 
Umbelliferae, rutadoshlar - Rutaceace, dukkakdosh lar - Fabaceae, yasnnotkadoshlar – Lamiaceae 
labguldoshlar - Labiate, astradoshlar - Asteraceae murakkabguldoshlar - Compositae, chinniguldoshlar
- Caryophyllaceae, ituzumdoshlar - Solanaceae, sutlamadoshlar - Euphorbiaceae oilalarning vakillari 
tarkibida ko‗p uchraydi. 
Kumarinlar o‗simliklar xamma organlari to‗qimalarining xujayra shirasida erigan holda 
uchraydi. Ular asosan ildiz, po‗stlo\ hamda mevada ko‗p, barg va poyada kam to‗planadi. 
O‗simliklar tarkibidagi kumarinlar miqdori ham xar-xil bo‗ladi. Ular juda oz miqdordan tortib, 
to 10% gacha (Daphna odora Thunb. o‗simligining barg kurtagi tarkibida 22% gacha) to‗planishi 
mumkin. Odatda bitta o‗simlik tarkibida bir qancha (10-15 tagacha) xar-xil kumarinlar uchrashi 
mumkin. Ko‗pincha kumarinlar o‗simliklarda sof xolda va oz miqdorda o‗zining glikozidlari xolida 
uchraydi. 
Kumarinlarning o‗simliklar tarkibidagi miqdori va soni o‗simliklarning o‗sish joyiga, taraqqiy 
qilish davriga va boshqa faktorlarga qarab o‗zgarib turadi. 
Kumarinlarga sifat reaksiyalari 
Diazoreaksiya.
Birinchi probirkadagi 2 ml sar\ish rangli (ishqoriy sharoitdagi) ajratmani 
chinni idishga solib, unga yangi tayyorlangan sulfanil kislotaning diazoreaktividan bir necha tomchi 
qo‗shiladi. Natijada aralashma qo‗n\ir - qizil yoki to‗q qizil rangga bo‗yalib, ajratma tarkibida 
kumarinlar borligini isbotlaydi. Agar sulfanil kislota o‗rnida p-nitroanilin olinsa, u holda aralashma 
binafsha yoki qo‗n\ir rangga bo‗yalgan. 
Mikrosublimatsiya reaksiyasi.
Kumarinlar qizdirilganda uchuvchanlik (mikrosublimatsiya 
berish) xossasiga ega. SHuning uchun tarkibida kumarin bo‗lgan mahsulotlar bilan mikrosublimatsiya 
reaksiyasini o‗tkazish mumkin. Bunda maxsulotdan uchib o‗tib, oyna ustida yi\ilgan kumarin 
kristallini spirtda eritiladi va unga diazoreaksiya qilinadi.
Kumarinlarning xromotografik analizida ularni ―silufol‖ yoki yupqa qatlamli plastinkalarda va 
qo\ozdagi xromotografiya usullaridan keng foydalaniladi. Buning uchun mahsulotdan spirtli ajratma 
tayyorlanadi yoki kumarinlar yi\indisini spirtli eritmasidan foydalaniladi. 
Silufol plastinkasini (yoki xromotografik qo\ozni) start chizi\iga ajratmadan va ―guvoh‖ 
kumarinlarning spirtdagi eritmasidan kapillyar naycha yoki maxsus tomizgich yordamida tomiziladi. 
Tomchilar qurigandan so‗ng plastinkani n-geksan-benzol-metanol (5 : 4 : 1 nisbatida) (qo\ozli 
xromotografiya usuli uchun n-butanol-sirka kislota–suv, 4 : 1 : 5 nisbatida) quyilgan xromotografik 
kolonkaga joylashtirib, xromotografiya qilinadi. 
Tegishli ma‘lum vaqt o‗tgach (sulufolda suyuqlik fronti 10 sm ga ko‗tarilgandan so‗ng) 
plastinka olib, havoda quritiladi. So‗ngra unga KON ni 10% li spirtni eritmasi purkalanadi, 2-3 minut 
110-120
0
S da quritgich shkafga quritiladi va UF nurida ko‗riladi. Keyinchalik xromotogrammaga 
yangi tayyorlangan diazoreaktiv purkaladi. Agar xromotogrammada kumarinlar bo‗lsa aniq qizil-\isht 
rangdan to ko‗k-binafsha ranglarga bo‗yalgan do\lar hosil bo‗ladi. Uf nurda ular tegishli ranglar bilan 
tovlanadi. 
Doglarning 
Rfi
aniqlanadi va ajratmadagi hamda ―guvoh‖ kumarinlarning 
Rf
ini solishtirib 
ko‗rib, o‗simlik ajratmasida qanday kumarinlar borligi to‗\risida xulosa chiqariladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin