“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

 
Quyuq ekstraktni olish 
 
 
Антрасеннин ишлаб чиқариш 
Антрасеннин – қуруқ экстракт, новогален препарат. (Cassive acutifolia 
Del.) асосий таъсир этувчи модда – сеннозид А, А, В стереоизомер. 
Технология. Антрагликозидларнинг кальцийли тузлари бор. Улар 20 % 
дан кам бўлмаслиги керак. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
57 
7-MA‟RUZA
Mavzu: Tarkibida kumarinlar bo„lgan dorivor o„simliklar. Xususiyatlari, tasnifi, xossalari. 
O„simlik manbalari. Kumarinlar texnologiyasi Ammifurin preparatini 
olish texnologiyasi
Reja: 
1. Kumarinlar tasnifi.
 
2. Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari 
3. Kumarinlarning tibbiyotda ishlatilishi 
4. Psoralen olish texnologiyalari 
Kumarinlar tasnifi. 
Kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislotaning unumlari bo‗lgan o‗simliklardan olinadigan laktonlar 
kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning unumlari tabiatda deyarli sof holda 
uchramaydi. Bu kislotalar o‗zidan bir molekula suv ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi. 
Shuning uchun kumarinlar benzo –b-piron unumi deb ham qaraladi. Kumarinning o‗zi sis-orto- 
oksidolchin kislotaning laktonidir. 
Kumarinlarning boshlangich birikmasi – kumarin birinchi marta 1820 yilda Fogel tomonidan 
Dipteryx odorata Willd. (Coumarouna odorata, dukkakdoshlar oilasiga kiradi) o‗simligining 
mevasidan ajratib olingan. 
O‗simlikning tarkibida kumarinning odatdagi oksi- va– metoksi unumlaridan tashqari, ularning 
furan unumlari bo‗lgan furokumarinlar ham ko‗p uchraydi. Furokumarinlar molekulasidagi, furan 
halqasi kumarinning 6- va 7- (psoralen tip) yoki 7 va 8- nomerli (angelitsin tipi) uglerod atomlari bilan 
birlashishi mumkin. 
Hozirgacha ma‘lum bo‗lgan kumarinlar o‗zining kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi 7 guruhga 
bo‗linadi. 
1.
Kumarin va uning oddiy unumlari (degidrokumarin, kumarin glikozidlari). 
2.
Oksi-, metoksi- va metilendioksikumarinlar. Bu kumarinlarning benzol yoki b-piron halqalarida 
turli guruhlar (-ON,-OSN
3
va boshqalar) bo‗ladi. Mana shu turli guruhlar qaysi halqada joylanishiga 
qarab bu guruh yana o‗z navbatida mayda guruhchalarga bo‗linadi. 
3.
Furokumarinlar yoki kumaron b-pironlar. Firokumarinlar o‗z molekulasidagi furan halqasining 
joylashishiga qarab psoralen (2
1
, 3
1
,6,7-furokumarinlar) va angelitsin (2
1
,3
1
,7,8-furokumarinlar) 
unumlariga bo‗linadi. 
4.
Piron-kumarinlar yoki xromen- b-pironlar. Bu guruhga kumarin bilan turli holatda (5:6:6,7: yoki 7,8 
nomerlardagi uglerod atomlari orqali) birlashgan piron birikmalar kiradi. 
5.
3,4- benzokumarinlar. 
6.
Tarkibida benzofuran sistemasi bo‗lgan (kumarinning 3,4-uglerod atomlariga birlashgan) 
kumarinlar (masalan, kumestrol va boshqalar). 
7.
Tarkibida kumarin sistemasi bo‗lgan ba‘zi murakkab birikmalar (masalan, antibiotik novobiotsin, 
aflatoksin va boshqalar.)
Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari 
O‗simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo‗lib, suvda yomon eriydi yoki 
butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar) da yaxshi 
eriydi. Kumarinlar glikozid xolida bo‗lsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning 
suyultirilgan sulfat kislota ta‘sirida gidrolizlanib olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik 
erituvchilarda esa yaxshi eriydi. 
Ko‗pchilik kumarin furokumarinlarni spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va konsentrlangan 
sulfat kislotadagi eritmalari ultrabinafsha nurida o‗ziga xos fluoressensiya (zangori, ko‗k binafsha
yashil, sariq ranglarda) bilan tovlanadi. Ayniqsa 7-oksikumarin- ummbelliferon unumi yaxshi 
fluoressensiya beradi. Ummbelliferonning o‗zi ultrabinafsha nur ta‘sirida tiniq zangori rangli 
fluoressensiya bilan bilan tovlanadi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin