“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


- MA‟RUZA Mavzu: Antraxinon glikozidlari. Xususiyatlari, tasnifi, xossalari. O„simlik manbalari. Ramnil



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

6- MA‟RUZA
Mavzu: Antraxinon glikozidlari. Xususiyatlari, tasnifi, xossalari. O„simlik manbalari. Ramnil, 
olish texnologiyasi Kofranol, antrasenin preparatlarini olish texnologiyasi 
Reja: 
1. Antratsen unumlarining tasnifi 
2. Antratsen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari 
3. Antratsen unumlarining tibbiyotda ishlatilishi 
Antratsen unumlarining tasnifi 
Bu guruxga antratsenning turli darajadagi oksidlangan birikmalari 
(antranollar, antronlar, oksantronlar va antraxinon) ularning oksi, oksim. etil va boshka unumlari 
xamda glikozidlari (antraglikozidlar), bimolekulyar birikmalar (diantranollar, diantronlar va boshkalar) 
xamda ularning oksimetil unumlari va glikozidlari kiradi. 
Antratsen unumlari torondoshlar (Polygonaceae), jumrutdoshlar (Rhamnaceae), ro‗yandoshlar 
(Rubiaceae) va boshka oila vakillari tarkibida uchraydi. Antratsen unumlari boshka glikozidlar kabi 
o‗simlikning xamma organlari xujayra shirasida erigan xolda to‗planadi. Antratsen unumlarini 
saklaydigan o‗simlikning er ostki organlari sariq yoki zargaldok-kizil rangga bo‗yalgan bo‗ladi. 
Odatda ma‘lum o‗simlik oilalarining vakillari o‗z tarkibida antratsen unumlarining ayrim guruxlarini 
to‗plash xossasiga ega.
Antratsen unumlari yukori o‗simliklardan tashkari, oz mikdorda bo‗lsa xam, mikroorganizmlar 
va xashoratlarda uchraydi. Gelmintospor zamburugi yashash davrida antratsen pigmentlarini sintez 
kilib turadi. Janubiy Ovrupada o‗sadigan dub daraxtining ba‘zi turlarida va Meksikada o‗sadigan 
kaktuslarda yashaydigan xashoratlarning urgochisida karmin kislota bo‗ladi. 
Antratsen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari 
Antratsen unumlari sarik, to‗k sarik, to‗k sarik-pushti rangli kristall modda bo‗lib, ularning 
glikozidlari suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, efir, xloroform va boshka organik erituvchilarda juda 
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, aglikonlari esa aksincha organik erituvchilarda yaxshi erib
suvda erimaydi. 
Antratsen unumlarining kizdirilganda uchuvchanlik xossasi bor. Bu guruxga kiruvchi 
birikmalarning ko‗pchiligi optik faol moddalar bo‗lib, kutblantirilgan yoruglik tekisligini o‗ngga yoki 
chapga buradi.
UF-va ko‗k-binafsha nur ta‘sirida antratsen unumlari turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish 
ularning molekulasidagi asosiy yadrosi oksidlanish darajasiga va yadrosiga joylashgan funksional 
guruxlarning soni va turi joyiga boglik. Masalan, antraxinon unumlari to‗k sarik, pushti, kizil va olov-
kizil, antron va antranol unumlari — sarik, zangori, binafsha rang bilan tovlanadi.
Ishkor eritmasi ta‘sirida anratsen unumlarining glikozidlari parchalanib, sof xolda ajralib chikkan 
aglikonlar suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikmalar — antraxinolyatlar xosil kiladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin