1. Yosh generativ ( G1) – ushbu yosh holatidagi o’simliklarda dastlabki generativ o’rganlar yuzaga chiqadi. G’unchalash va dastlabki gullashning boshlanishi ushbu yosh holatining asosiy morfologik belgisi hisoblanadi.
2. Yetuk generativ (G2) – ushbu yosh holatidagi o’simliklar yoppasiga gullash holatida bo’ladi. Daraxtsimonlarda bir necha o’nlab yillarga, ko’p yillik o’tsimonlarda bu davr bir necha yilga teng bo’ladi. Bir yilliklarda bir necha hafta davom etadi. O’simliklarning reproduktiv imkoniyatlari eng yuqori darajaga yetadi.
3. Qari generativ (G3). Bu yosh holatiga o’tgan o’simliklarni ulardagi gullashning yakunlanishida va mevalashning boshlanishida hamda pishishida ko’rishimiz mumkin.
Postgenerativ (qarilik) davri. Bu davrda o`simlik yoshi ulg’ayishi bilan generativ ko`payish xususiyatini yo`qotadi, vegetativ holati yomonlashgan bo’ladi. Postgenerativ davr 3 ta yosh holatiga ajratib o’rganiladi.