1. Subsenil (ss) - o’simliklarning ushbu yosh holati tuplarning reproduktiv imkoniyatlari kamayishi bilan xarakterlanadi. O’simliklar gullaydi, lekin juda kam yoki umuman meva hosil qilmaydi.
2. Senil (s) - yosh holatiga o’tgan o’simlik tuplari deyarli gullamaydi va umuman meva hosil qilmaydi, shox-shabbalari orasida quriyotgan novdalar soni birmuncha ko’payadi.
3. Qurigan (x) –Ushbu yosh holatida o’simliklarda qurigan novdalar soni juda ko’payadi yoki o’simlik tupi umuman qurib qoladi.
3. O’simlik senopopulyatsiyalarining tiplari
Populyasiya tarkibida o`simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg’un saqlanib qolish holatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T. A. Rabotnov ma’lumotlari bo`yicha, o’simliklarning invazion, normal va regressiv tipdagi senopopulyasiyalar farq qilinadi.
Invazion tipdagi populyasiya deganda o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyasiya tushunilib, unda o`simlikni nihollar, yosh hamda voyagayetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyasiyaning urug’lari Fitosenozga tatshqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o`rinni eg’allatshi yoki mo`tlaqo yatshay olmasligi ham mumkin.