Fitosenologiya fanining maqsad va vazifalari
Fitosenologiya fanining asosiy maqsadi tabiiy holda tarqalgan o’simlik guruhlari qaerlarda qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda poydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berishdir.
Fitosenologiyaning o’ziga xos vazifalari mavjud bo’lib, o’simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi ilmiy o’rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan Haritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to’g’ri foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat.
Geobotanik tadqiqotlar qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishda planlashtirish ishlarini olib borishga asos bo’lib xizmat qiladi. O’zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o’simliklar qoplamini, hattoki yer osti suvlari holatini aniqlashda ham geobotanik ishlar asos bo’lib xizmat qiladi.
Botqoqliklarni o’zlashtirish, o’rmon xo’jaligi ishlarini ilmiy tashkil etish, o’rmon tiplarini aniqlash, qo’riqxonalarda olib boriladigan ishlarni yo’naltirish, dorivor o’simliklardan foydalanish maqsadida yig’ib olish uchun uning zahirasini aniqlash va chorvachilik sohasi uchun yem-xashak tayyorlashda ham asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tabiiy holda mavjud bo’lgan, inson xo’jalik faoliyati natijasida yaratilgan agrofitotsenozlarni tekshirish va har bir fitotsenozdagi fitotsenologik turlar tarkibini aniklash, floristik tarkibini o’rganish hamda fitotsenozlar xilma xilligini, tuzilishini, taqsimlanishini, iqlim va geografik sharoitini, muhitga ekologik omilning ta’sirini o’rganish, geobotanik haritalash ishlarini tashkil etish, fitotsenozning bevosita va bilvosita ta’sirlari natijasida o’rganish, undan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqishni tashkil etish muammolari bilan shug’ullanadi.
O’simliklar jamoasida biror bir tur o’z holicha, alohida, boshqa turlarga yoki mikroorganizmlarga bog’lanmasdan yashay olmaydi. Har bir o’simlik jamoasida o’nlab, yuzlab turlar birga yashaydi. Bular orasida tuban organizmlar ham, yuksak o’simliklar ham mavjud bo’lib, bular ham o’z navbatida har xil anatomik, morfologik, sistematik, fiziologik xususiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun ham, tabiatdagi mavjud bo’lgan har bir jamoa o’ziga xos ko’rinishdagi manzara hosil qiladi. O’rmon, yaylov, dasht, cho’l, adirlarda o’simliklar jamoalarining o’ziga xos doimiy va mavsumiy qiyofasi bo’lib, bu geobotanikaning tekshirish manbai hisoblanadi. Shunday ekan, barcha fanlar kabi geobotanikaning ham o’ziga xos rivojlanish tarixi bor.
Dostları ilə paylaş: |