2-ma’ruza: Ekologik sistema, biogeotsenoz va fitotsenoz to‘g‘risida tushuncha. Kontinuum konsepsiyasi
Reja
Ekologik sistema, biogeotsenoz
Biosenozlarning tuzilishi va tur tarkibi
Fitotsenoz to‘g‘risida tushuncha
Tayach so’z va iboralar: ekologik sistema, biogeotsenoz, Sukachev, Tensli, biotsenoz, fitotsenoz, ekotop, noorganik kompon entlar, o’ziqlanish tiplari, avtotroflar, geterotroflar
Ekologik sistema va biogeotsenoz
Tabiatda har qanday tirik organizm o’zining yashash muxitiga ega. Bu muxitni ular tabiatning tirik bo’lmagan komponentlari bilan birgalikda vujudga keltiradi. Tirik organizmlar va jonsiz tabiat komponentlari murakkab bir tizimni, yani ekologik tizim (ekosistema)ni hosil qiladi. Ekosistema atamasi 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan fanga kirirtilgan. Ekosistema deb yashash sharoiti o’xshahsh va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga aytiladi. O’tloq, o’rmon, cho’l, dasht, suv havzalari ekosistemaga misol bo’ladi. Ekosistemalarda to’xtovsiz moddalar almashinuvi jarayoni kuzatiladi. Ushbu jarayonning amalga oshishi uchun tirik organizmlarning quyidagi uchta funksional ekologik guruxlari zarur bo’ladi: produsentlar, konsumentlar va redusentlar.
Ekologik sistema bilan bir qatorda biogetsenoz atamasi ham keng qo’llaniladi.Ushbu atama dastlab 1948 yilda Vladimir Nikolaevich Sukachev ilmiy muomalaga kiritgan. V. N. Sukachev biogeotsenozga shunday ta’rif bergan:-“Biogeotsenoz-yer yuzasining muayyan masofasidagi bir xil tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar dunyosi, tuproqlar va gidrologik sharoitlar) ning majmuasidir. Bu majmua uni tashkil etuvchi komponentlar o’zaro ta’sirining o’ziga xos xususiyatlariga hamda komponentlar orasida tabiatning boshqa hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan tipiga ega”. V. N. Sukachevning biogeotsenozga bergan ta’rifida, unda modda va energiya almashinuvini o’ziga xos tipining, komponentlarni dialektik birligining hamda uzluksiz rivojlanishining mavjudligi ta’kidlanadi. Biogeotsenozning Harakterli xususiyati shundaki, u band etgan hudud (territoriya yoki akvatoriya) bo’ylab biror-bir muhim biotsenotik, tuproq-geokimyoviy, geomorfologik yoki mikroiqlimiy chegara o’tmaydi. Bu xususiyat tufayli biogeotsenozning yaxlitligi, bir xilligi ta’minlanadi.
N. V. Timofeev-Resovskiy va A. N. Tyuryukanov (1966) biogeotsenozni biosferaning elementar birligi deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, biosferaning eng kichik birligi bo’lgan biogeotsenozda biosferaning biokimyoviy ishi va moddiy-energetik aylanma harakati sodir bo’ladi. Biogeotsenozning birorta qismi ham bunday aylanma harakatni amalga oshira olmaydi.
Biogeotsenoz gr. bios - hayot, geo-ep, koinos- umumiy degan ma’noni bildiradi. O’simliklar qavmi (fitotsenoz) va hayvonlar qavmi (zootsenoz) ning muayyan sharoitda bir biriga moslashib, kompleks holda yashashidir. Biogeotsenoz fitotsenoz, zootsenoz, geomuhit va biotopdan iborat bo’ladi. Bu termin 1948 yilda V. N. Sukachev tomonidan fanga kiritilib, biogeotsenologiyani o’rganadigan fan deb ta’riflangan edi. Biogeotsenoz so’zi mazmun jihatidan D. D. Dokuchaev, G. F. Morozov, V. M. Vernadskiylar tomonidan boyitilgan. Ba’zi olimlarning fikricha, biogeotsenoz so’zi ekosistema so’zining ma’nosini ham beradi. Ammo biogeotsenozning o’zi biotsenoz yashayotgan organizm bilan muhitni ham o’z ichiga oladi. Shuningdek, muhit va biosfera, yer yuzining tuzilishi tirik organizm uchun asosiy manba deb qarashga asos bo’ladi,
Biogeotsenozning tirik komponentlariga o’simliklar olami, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar, yer yuzasining atmosfera qatlami va u yerda bo’ladigan gazlar almashinishi, issiqlik manbai, quyosh energiyasi, tuproq va uning tarkiblari kiradi. Biogeotsenozdagi tirik organizmlarning energiya qabul qilishiga qarab ikki gruppaga bo’lish mumkin:
a) a v t o t r o f organizmlar- quyosh energiyasidan foydalanuvchi xlorofilli yashil o’simliklar (fototrof o’simliklar). Bu gruppaga kiruvchi o’simlik turlari oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o’zlari tayyolaydi. Bular ham o’z navbatida uchga bo’linadilar. a) yashil avtotroflar; bularga quruqlik, dengiz, okeanlar va barcha chuchuk suvlarda yashovchi yashil o’simliklar kiradi. b) xlorofilsiz avtotroflar; xlorofilsiz o’simliklar bo’lib, ular oltingugurt, temir bakteriyalari hamda erkin azotni o’zlashtirib azot to’plovchi bakteriyalar bo’lib, o’zlari uchun kerakli organik moddalarni o’zlari sintez qiladi (xemositez) v) parazit va saprofitlar – bular evolyutsion jarayon natijasida xlorofilini yo’qotgan, parazit hayot kechirishga moslashgan o’simliklar. Saprofitlar esa faqat o’simlik va hayvon qoldiqlarida chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Saprofit va parazit turlarni ba’zan geterotroflarga ham qo’shib o’rganiladi.
b) g e t e r o t r o f organizmlar - bular tayyor organik moddalardan energiya hosil qilib oladi ya’ni avtotrof o’simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Yuqoridagi ikki gruppa o’simliklar ishtiroki asosida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni kechadi. Biogeotsenozda ba’zi bir komponetlarning o’rni asosiy bo’lmasada o’ziga xosdir. Biogeotsenozning tuzilishida asosiy rolni yashil o’simliklar egallaydi. Ayniqsa, bu holat o’rmonlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.Yashil organizmlar birlamchi organik moddalar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqargan energiyani, avval, yashil o’simliklarning o’zlari va geterotrof organizmlar hamda boshqa qismlarga yetkazib beradi. Yashil o’simliklar fototsentez va nafas olish jarayonida atmosferadagi kislorodni hamda ugli kislota gazlarining balansni taminlaydi. Transpiratsiya jarayonida tabiatda suv balansi tartibga tushib turadi, tuproq tarkibidagi ximiyaviy elementlar mikdori muvofiqlashtiriladi. Yashil o’simliklar jamoasi (fitotsenoz) biogeotsenozning tarqalish chegarasini, biogeotsenozdagi hayvon va mikroorganizmlarning tuzilishini, energiya manbaini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |