5. O’simliklarda allelopatiya
Bioximiyaviy munosabatlar jamoada o’sadigan har bir turda ro’y berib, o’simlikning har xil organlarida oziqlanish miqdori va turiga, quyosh energiyasiga, yoruglikning tushishi darajasiga qarab har xil nomayon bo’ladi. Jamoadagi yuksak o’simliklar o’rtasida bioximiyaviy jarayon a l l e l o p a t i ya deb atalib, bu fitotsenozda birga yashovchi o’simliklarning har bir turi o’zidan har xil moddalar ajratib chikarishi bilan bir-biriga ta’sir etishidir. Yuksak o’simlik turlaridan ajralib chiqqan moddalar k o l i n deb atalib, boshqa tur yuksak o’simliklarga u yoki bu darajada ta’sir etadi. Kolinlar o’simliklar ishlab chiqqan fitontsitlardan tubdan farq qiladi. Fitontsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta’sir ko’rsatadi. Misol archazor o’rmonlardan ajraladigan fitontsitlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Jamoadagi mikroorganizmlar m a r a z m i n l a r nomli moddalar ishlab chiqaradi. Bir turdagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan antibiotiklar boshqa turdagi mikroorganizmlarga va yuksak o’simliklarga har xil tasir ko’rsatadi. Shuningdek, jamoada o’sadigan o’simlik turlarining ildiz sistemalari ham har xil moddalar ishlab chiqadi. Misol uchun sirka kislota, chumoli kislota, otquloq kislotasi, qand, aldegidlar, etilen spirti, aminokislotalar, alkoloidlar, vitaminlar kabi moddallar o’simliklar qoplamining bioximiyaviy tarkibini keskin o’zgartiradi. Bu ajralmalar o’simliklarga salbiy hamda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Misol tariqasida shuni ko’rsatish mumkinki, kartoshka ekilgan maydonning qator oralariga, pomidor ekinining qator oralariga piyoz ekish, bu ekinlarning fitoftora zamburug’i bilan kasallanish darajasini kamaytiradi. Ma’lumki piyoz o’zidan fitontsit moddasi ishlab chiqaradi. Aksincha, uzumzorga yaqin ekilgan karamlarda kasallanish darajasi yuqori bo’ladi. Bunga sabab shuki uzumdan ajralib chiqqan kolin moddasi karamga zarar yetkazadi. Bunday hodisalarni pishib yetilgan mevalarni saqlashda ham kuzatiladi. Masalan uzum va olmani behi bilan birga saqlash turli xil kasalliklarni ketirib chiqaradi va mevalarni chiritadi.
Dostları ilə paylaş: |