Fitosenologiya



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə99/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Sinuziyalilik S i n u z i y a- grekcha sin-birgalikda, latincha uzus-foydalanish, qo’llanish demakdir. Sinuziya atamasi va tushunchasini birinchi marta daniyalik botanik Gams fanga kiritgan. Sinuziya ekologik jihatdan o’xshash hayotiy formalarni birlashtiruvchi o’simliklar assotsiatsiyasining bir bo’lagi. S i n u z i ya l i l i k deganda, jamoani tashkil etuvchi turlarning hayotiy shakllari bo’yicha turli tumanligi tushuniladi. Bir jamoada sinuziyalilik yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu esa jamoadagi turlarning aspektini belgilaydi. Cho’llardagi jamoada efemerlar alohida ajralib turadi.

O’simliklarning yashash joyi, harakteri deganda, yer yuzasining geografik o’rnini, dengiz sathidan balandligini, qiyaligini, yonbag’irligini, relefini, mikrorelefini, tuproq sharoitini, hayvonot dunyosining va insonning tasiri bilan birgalikda tushuniladi. Jamoadagi turlarni o’rganish uchun o’simliklar florasini, sistematikani yaxshi bilish kerak. Har qanday geobotanik tadqiqotlar olib borishdan qat’iy nazar, o’sha jamoa florasini va uning kelib chiqish tarixini bilish lozim bo’ladi. Shundagina o’rganilayotgan jamoa to’g’risida ilmiylikka asoslangan to’g’ri xulosa chiqarish mumkin.

Fitotsenozning yana bir xossasi bu doimiy ravishda o’zgarib turishi hisoblanadi. O’simliklar o’z vegetatsiya davrida vaqtning o’tishi, iqlim sharoitlarining o’zgarishi, yosh davri va holatlarining almashinishi natijasida turli o’zgarishlarga uchraydi. O’simliklar jamoasining bunday o’zgarishlari siklik o’zgarishlar deb ataladi va bu doimiy ravishda kuzatiladigan holat hisoblanadi. O’simliklar jamoasining siklik o’zgarishlari o’zgarish tezligiga ko’ra quyidagi guruxlarga bo’linadi:


  1. Sutkalik o’zgarishlar – doimiy va butun kun va tun davomida almashinib, o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, transpiratsiya faolligi, fotosintez, vegetativ va generativ organlarining kun va tun davomida o’zgarish va h.k.z.

  2. Mavsumiy o’zgarishlar – o’simliklar qoplamining butun vegetatsiya davri davomida, o’simliklarning rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. O’simliklar jamoasining aspektlari almashinib turadi. Ularga o’simliklarning o’sishi, gullashi, meva tugishi va h.k.z.lar kiradi.

  3. Har xil yilli o’zgarishlar (fluktuatsiya) – o’simliklar jamoasining yashash muxitidagi shart-sharoitlarning qoqqisdan, maqsadsiz ravishda turli yillar davomida o’zgarishi natijasida vujudga keladi.


Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin