Fitosenologiya


Fitosenoz haqida tushuncha



Yüklə 329,85 Kb.
səhifə10/157
tarix17.05.2022
ölçüsü329,85 Kb.
#58293
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157
“FITOSENOLOGIYA”

Fitosenoz haqida tushuncha

O’simliklar jamoasi deganda ma’lum bir hududda bir necha turga mansub o’simliklarning birgalikda yashashi va o’ziga xos manzara hosil qilishi tushiniladi. Bunday guruhlar yashash joyiga qarab turli xil o’simliklar tipini (cho’l, adir, tog’, yaylov, botqoq, o’rmon) tashkil etadi. Geobotanika fani malum bir turni o’rganmasdan, balki ma’lum maydonda tarqalgan o’simliklar guruhini o’rganganligi uchun ham buni o’simliklar jamoasi, ko’pincha, fitotsenoz deb ham ataladi. Har bir jamoa o’z hayoti jarayonida har xil tashqi taassurotlarga duch keladi va shunga javob berish orqali o’z hayotini boshqaradi. Har handay o’simliklar jamoasi bir biri bilan va tashqi muhit bilan juda murakkab munosabatda bo’ladi. Shuning uchun har bir jamoaning tarkib topishi, o’zgarishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyot bosqichlariga, tashqi muhitnint majmuali ta’siriga bog’liq holda o’tadi. Murakkab ekologik omillar ta’siri natijasida jamoa o’sha yerga moslashishi ham mumkin yoki aksincha, yo’q bo’lib ketishi ham mumkin.

Fitosenoz atamasi 1815 yilda ilk bor rus olimi I.Pachoskiy tomonidan bir turdan tashkil topgan sof paykallar uchun qo’llanilgan.Keyinchalik rus olimi Sukachev (1917) va nemis olimi Gams (1818) tomonidan o’simlik jamoalarini belgilash uchun qo’llanilgan. Sukachev fikricha, fitosenoz bu muayyan tarkibi, tuzilmasi, shakllanishi, o’zaro va tashqi muxit bilan munosabatlari bilan xarakterlanuvchi, birgalikda bitta territoriyani egallagan o’simliklar yig’indisidan iborat. Fitosenozlar turlar tarkibi, o’ziga xos tuzilishi va muayyan yashab turgan muxitiga nisbatan moslanishlarga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. Fitosenozni aniq bir maydondagi o’simliklar jamoasini taksonomik birliklarining turlicha kategoriyalarini belgilashda ham qo’llash mumkin: assosiatsiya, formatsiya, tip. Fitosenozlar bir-biridan turli geografik to’siqlar bilan ajralib turadi: tog’, daryo, jarlik, cho’l, ko’l, dengiz va boshqalar.

Sizga ma’lum bo’ldiki, fitotsenoz o’simliklar jamoasi bilan bir narsa hisoblanadi va quyidagicha ta’riflanadi. “Tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo’ladigan, ma’lum bir hudutda uchraydigan o’simliklar guruhi fitotsenoz”- deb ataladi. Fitotsenozga o’rmon, o’tloq, cho’l, sahro, tog’, yaylov, botqoq, to’qaydagi o’simliklar jamoasi kiradi. Bular ham o’z navbatida kichik-kichik bo’laklarga bo’linadi. Misol uchun cho’l fitotsenozi; qumli cho’l, shuvoqli cho’l, gipsli cho’l, sho’rli cho’llar fitotsenoziga bo’linadi.

V. N. Sukachev va P. D. Yaroshenkolarning ta’kidlashicha, qishloq xo’jalik ekinlari, bug’doy, arpa, sholi, paxta ekiladigan yerlar ham tsenozning bir turi, ya’ni agrofitotsenoz deb ataladi. Sababi bu maydonlar inson xo’jalik faoliyati natijasida sun’iy yaratilgan maydonlardir. Fitotsenoz o’simliklar qoplamining sifat jihatidan ajralib turuvchi qismidir. Fitotsenoz terminini Sukachev 1954 yilda fanga kiritgan. Fitotsenoz ma’lum sharoitdagi tuban va yuksak o’simliklar majmuasi bo’lib, ular doimiy ravishda bir biri bilan aloqada bo’ladi. Bular hamma vaqt o’ziga xos muhit hosil qiladi.




Yüklə 329,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin