Fitratning qaytishi. Abdurauf Fitratning oʻzbek milliy musiqa
sanʼati rivoji yoʻlidagi buyuk xizmatlari
Feruza Kutliyevna Kurbanova
feruzakurbanova75@gmail.com
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi faoliyatning turli
qirralari va Fitratning oʻzbek milliy musiqasini rivojlantirish sohasida qilgan fidoyi
mehnatlari, musiqa sohasida Samarqandda olib borgan ilmiy izlanishlari,
mumtoz
musiqa atamasini kirib kelishi, “Oʻzbek klassik musiqasi ham uning tarixi” asarining
vujudga kelishi va uning mazmuni, Fitratning hozirgacha saqlanib qolgan asarlari
haqida ilmiy izlanishlar tahlili bilan tanishish mumkin.
Kalit soʻzlar: Fitratning qaytishi, oʻzbek
milliy musiqasi, mumtoz musiqa,
oʻzbek milliy musiqasi tarixi, musiqashunoslik, oʻzbek milliy cholgʻulari,
musiqa
sanʼati, mumtoz musiqa borasidagi qarama qarshiliklar.
Return of Fitrat. Abdurauf Fitrat’s great contribution to the
development of Uzbek national music
Feruza Kutliyevna Kurbanova
feruzakurbanova75@gmail.com
Bukhara
Specialized Art School
Abstract: This article covers various aspects of Abdurauf Fitrat’s life and work,
Fitrat’s selfless work in the development of Uzbek national music, his research in
Samarkand in the field of music, the introduction
of the term classical music, the
emergence of “Uzbek classical music and its history” and its content, can be found in
the analysis of scientific research on Fitrat’s surviving works.
Keywords: The Return of Fitrat, Uzbek National Music, Classical Music, History
of Uzbek National Music, Musicology, Uzbek National Instruments,
Musical Arts,
Contradictions in Classical Music.
“Ovroʻpo musiqasi oʻzining eng keyingi davrigʻa borib yetkan. Bundan ilgari
bora olmaydi. Ovroʻpo musiqa olimlari oʻz ilmlarini ilgari bostirishqa tirishadirlar,
turli yoʻllar bilan tushunib axtaradirlar. Koʻplari bizning Sharq musiqiylarimizgʻa
murojaat qilib, ularning asoslaridan foydalanishdan boshqa chora qolmagʻanini
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
646
soʻylaydirlar. Shuning uchundir Sharq musiqiysining ahamiyati Ovroʻponing ham
sanʼat doiralarida kundan-kun oshmoqda”. (Abdurauf Fitrat)
KIRISH
Soʻngi yillarda Abdurauf Fitrat hayoti va ijodiga doir qarashlarda turli
munozaralar yuzaga keldi xususan 2016-yili Abdurauf Fitrat tavalludining 130 yilligi
arafasida koʻpchilikda uning shaxsiyatiga nisbatan munosabat oʻzgardi goʻyo, buning
sababi esa oʻsha yili baʼzi bir izlanuvchilar tomonidan Fitratning aslida Turkiya
razvedkachisi boʻlgani toʻgʻrisidagi uydirma asosiz gaplar sababchi boʻladi. Bugungi
kunga qadar Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi turli tadqiqotchilar
tomonidan chuqur
oʻrganilgan boʻlib ushbu izlanishlarning aksariyatida Fitratning shaxsiyatiga bir
tomonlama yondashilgan(atoqli siyosatchi, maʼrifat yetakchisi,
badiiy adabiyotning
namoyandalaridan biri). Shuni taʼkidlab oʻtish zarurki Fitratning “Komil inson”
koʻrinishidagi shaxsiyatiga bir tomonlama yondashuv notoʻgʻri, uning ijod faoliyat
koʻp qirraligi bilan ilm ahlini oʻziga qiziqtira olgan. Bugun ham Abdurauf Fitratning
yana bir xalqimiz qadriyatlarini saqlanib qolishi yoʻlida qilgan buyuk xizmatlaridan
biri uning “Oʻzbek milliy musiqasi”ni saqlash va rivojlantirish yoʻlidagi ishlari haqida
qisqacha toʻxtalib oʻtamiz, zero yuqoridagi kabi izlanishlar oʻquvchilar ongida
Fitratning fidoyi hayot yoʻliga nisbatan shubha uygʻotmasin. (K.F.Kutliyevna)
MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAXLILI