Fizik adreslarni ip adresda aks ettirish. Reja


-rasm. IPv4 adres strukturasi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/5
tarix12.10.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#64953
1   2   3   4   5
6-Maruza. Fizik adreslarni IP adresda aks ettirish

1.1-rasm. IPv4 adres strukturasi.



  1. IP adres sinflarini topish

Adres sinfi uning birinchi okteti qiymati bilan aniqlanadi. IP adresning qaysi bir qismi tarmoq va qaysi bir qismi tugunga (host) tegishliligini aniqlash uchun IP adreslar klasslarga bo‘lingan.

1.2-rasm. IPv4 adresi sinflarini topishning sodda ko‘rinishi.





1.3-rasm. IPv4 adres sinflarining tarmoq va uzel uchun taqsimlanishi

  1. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi

Yana shuni ta’kidlash kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga ega bo‘ladi (ya’ni, kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres berilmagan holatda).
IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat bo‘ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta o‘nlik raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki 128.10.2.30 - adresning o‘nlik raqamlardagi ko‘rinishi, 10000000 00001010 00000010 00011110 - ikkilik raqamlardagi ko‘rinishi).
IP-adres adreslarning asosiy turi bo‘lib, uning asosida IP protokolining tarmoq sathi paketlarni tarmoq o‘rtasida uzatadi. IP-adres kompyuter va marshrutizatorlami konfiguratsiyalash vaqtida administrator tomonidan belgilanadi.



1.4-rasm. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi

  1. Masshtablanadigan adreslash sxemasi

IP protokolning 6-versiyasi IP tarmoqlarni adreslash tizimiga tub o‘zgarishlarni kiritdi (RFC 2373). Avvalo, bu adres razryadini kengaytirishga taalluqli bo‘ldi.
IPv6 adres 128-bit yoki 16 baytdan iborat. Bu katta miqdordagi tugunlarni raqamlashtirish imkonini beradi:
340 282 366 920 938 463 463 374 607 431 762 211 456
Avvalgi 2 darajali adres ierarxiyasi o‘rniga (tarmoq raqami va tugun raqami) IPv6 da 4 daraja mavjud bo‘lib, ulardan 3 tasi tarmoqlarni identifikatsiya qilishga, bittasi esa tarmoq tugunlarini identifikatsiya qilishda foydalaniladi. Adresdagi ierarxiya darajalari sonining ortishi hisobiga yangi protokol CIDR texnologiyasini muvaffaqiyatli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Takomillashtirilgan guruhli adreslash tizimi va yangi turdagi adreslami joriy qilish sababli IP ning yangi versiyasi marshrutizatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, tashqi o‘zgarishlar ham yuz berdi - standart ishlab chiqarnvchilari o‘nlik raqamlar o‘rniga IP-adresni o‘n oltilik raqamlar ko‘rinishida yozishni taklif qildilar. Har bir o‘n oltilik raqamlar bir -biridan ikki nuqtalar bilan ajratiladi. Masalan, IPv6 adres quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin