Fizik fakulteti



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə4/23
tarix31.12.2021
ölçüsü200,5 Kb.
#49937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kurs ishi. Shermaxmatov Akbar

Kurs ishining predmeti: yangi pedagogik texnologiyalarning masala yechish mashg’ulotlariga tadbig’i, dars loyihalari.

Kurs ishining obekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablari, umumiy o’rta ta’lim maktabda darsga pedagogik texnologiyalarni qo’llash.

Kurs ishining tuzilishi: kirish, asosiy qism, 3 ta paragrapf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati va prezentatsiyadan iborat bo`lib 20 betni tashkil qiladi.
II.Asosiy qism

2.1.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mexanika bo’limini o’qitishning nazariy asoslari hamda o’ziga xos xususiyatlari
Mexanika fizikaning shunday bo’limiki, u o’zining qat’iy va mantiqiy tuzilishi bilan o’quvchilar tafakkurining rivojlanishiga katta yordam beradi. Fizika kursining boshqa bo’limlarini muvaffaqiyatli o’rganish mexanikani qanday o’zlashtirilganligiga bog’liq. Chunki ularda mexanika tushunchalari (tezlik, tezlanish, massa, kuch, ish, energiya va boshqalar) dan keng foydalaniladi. Ta’lim tizimida fizika kursining mazmuni va uni o’rganishni mexanikadan boshlanishini sababi: materiyaning barcha harakat formalari qatorida mexanik harakat ko’rgazmaliroq bo’lishidan va klassik fizikada fizik hodisalarni modellashtirish ko’pincha fizik sistemalar strukturasi va ularda sodir bo’ladigan jarayonlarning mexanik obrazini yaratish bilan bog’liqdir.

Mexanika ham klassik fizikaning ham zamonaviy fizikaning tarkibiy qismidir. Zamonaviy fizikaning barcha muhim sohalari deyarli klassik mexanika qonuniyatlariga asoslangan. O’rta umumiy ta’limda mexanika kursning o’rganilishi ko’pgina umumta’lim masalalarini hal etishga imkon beradi. Fizika kursida mexanika bo’limining ahamiyati shundan iboratki, uni o’qitish orqali nazariyani oldindan aytib bera olish funksiyasini, ya’ni boshlang’ich shart berilganda mexanika qonuni orqali jismning ixtiyoriy momentdagi vaziyatini aniq aytib berish mumkinligini o’quvchilarga ko’rsatilishidadir.

Aytilganlarga yana shuni qo’shimcha qilish lozimki, maktab mexanika kursning bir qator joylari atayin murakkablashtirilgan. Masalan, inertsiya qonuni oliy o’quv yurtlari uchun D. V. Sivuxin yozgan ―Umumiy fizika kursi darsligi va maktab darsligida quyidagicha ifodalangan:

Ko’pchilik maktab fizika darsliklarida birinchi qonun sodda, I. Nyuton tarifiga yaqin qilib ifodalanar edi. Xususan. Har qanday jism o’zining dastlabki holatini unga boshqa jismlar tasir qilmaguncha va bu holatdan chiqarmaguncha tinch yoki to’g’ri chiziqli va tekis harakatini nisbatan saqlaydi.





Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin