Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
24. Harorati 17°C va bosimi 204 kPA bo‘lgan vodorod gazining zichligi topilsin (kg/m3).
A) 1,7 B) 17 C) 0,17 D) 1710-3 25. Normal sharoitda og‘zi berk idish bir xil massali vodorod, azot va kislorod gazlari bilan to‘ldirilgan. Qaysi gazning parsial bosimi eng katta bo‘ladi?
A) vodorod B) kislorod
C) azot D) bosimlar teng
26. Yerdagi aerostatning hajmi normal sharoitda 4200 m3 edi. Aerostat 4320 m balandlikka ko‘tarilganda, atmosferaning temperaturasi 260 K bo‘lsa, uning hajmini toping.
A) 5000m3 B) 6000m3 C) 4000m3 D) 7600m3 27. Massasi 16 g bo‘lgan gaz 1 MPa bosim va 112°C temperaturada 1,6 l hajmni egalladi. Ballonda qanaqa gaz borligini aniqlang.
A) azot B) vodorod C) geliy D) kislorod
28. Yopiq idishda harorati 87°C, bosimi 7,5 MPa bo‘lgan gaz bor. Gazning 1/5 qismi chiqarib yuborilganda, temperatura 27°C gacha pasaygan bo‘lsa, qaror topgan bosimni (MPa) aniqlang.
A) 2,2 B) 3 C) 1,2 D) 5
29. Temperaturasi 27°C bo‘lgan 5x10x3 m o‘lchamli xonada necha mol havo bor? Atmosfera bosimi 105 Pa ga teng.
A) 6103 B) 3106 C) 6104 D) 6105 30. 17°C temperaturada havo zichligi qanchaga teng (kg/m3)? Atmosfera bosimi 105 Pa ga, havoning molyar massasi 29 g/mol ga teng deb oling.
A) 1,2 B) 1,7 C) 2,9 D) 29
31. Bir xil temperaturadagi suv bug‘i (H2O) va metan (CH4) gazining bosimlari teng bo‘lishi uchun ularning zichliklari qanday nisbatda bo‘lishi kerak?
A) 9:8 B) 8:9 C) 9:16 D) 16:9
32. 8,31 l hajmli idishda 140 g molekulyar azot 3,5 MPa bosim ostida bo‘lsa, uning temperaturasi (K) nimaga teng?
A) 700 B) 273 C) 8D) 70
33. Normal sharoitda havoning zichligi 1,29 kg/m3. Havoning molyar massasini aniqlang (kg/mol).
A) 0,2910-3 B) 2,910-3 C) 2910-3 D) 2910-2