Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
8. Temperaturaning Selsiy shkalasi bo‘yicha pastki chegarasi nimaga teng (0C)?
A) - B) -273 C) -100 D) 0
9. Ideal gazning boshlangich temperaturasi 500 K. Uning temperaturasi 6% ortdi. Gazning oxirgi temperaturasi necha Kelvin ?
A) 500 B) 470 C) 530 D) 560
10. Ikkita bir xil idishda 1 moldan temperaturali ikki xil gaz bor. To‘g‘ri tasdiqlarni toping:
1) molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyalari bir xil; 2) molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezliklari bir xil; 3) gazlarning bosimlari harxil; 4) molekula konsentratsiya lari har xil
A) 1,2 B) 1 C) 2 D) 3,4
11. Universal gaz doimiysining fizik ma’nosini qanday tushunasiz?
A) bir mol ideal gaz temperaturasini o‘zgarmas bosimda 1°C ga o‘zgartirganda bajarilgan ish.
B) bir mol ideal gaz temperaturasini 1°C ga o‘zgartirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori.
C) 1 mol miqdor gazdagi molekulalar soni
D) normal sharoitda gaz bosimi bilan hajmining ko‘paytmasi.
12. Jismning temperaturasi nima?
A) modda agregat holatining tavsifi
B) molekulalar to‘qnashuvlari sonining o‘lchovi
C) molekulalar o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi
D) gaz bajargan ishning o‘lchovi
13. Suv molekulasining o‘rtacha kinetik energiyasi uning 100°C haroratli suvida kattami ёki shunday temperaturali bug‘idami? To‘g‘ri javobni tanlang.
A) ikkalasida teng B) bug‘ida. katta
C) suvida katta
D) Javoblar ichida to‘g‘risi yo‘q.
14. Massasi 21026 kg bo‘lgan uglerod atomining kinetik energiyasi 4,91019 J bo‘lsa, uning harakat tezligi qancha (m/s)?
A) 7103 B) 7 C) 70 D) 70
15. Normal sharoitda idish bir xil massadagi vodorod, azot va kislorod bilan to‘ldirilgan va idish germetik ravishda berkitilgan. Qaysi gaz molekulasining o‘rtacha kvadratik tezligi eng katta?
A) vodorod B) azot C) kislorod D) hammasiniki bir xil
16. Temperaturasi 287°C bo‘lgan azot molekulasining o‘rtacha kvadratik tezligi qanchaga teng bo‘ladi (m/s)? Mazot=28 g/mol.
A) 280 B) 700 C) 560 D) 350
17. Atmosfera havosidagi qaysi gazning molekulalari eng tez harakatlanadi: kislorodnikimi, vodorodnikimi, karbonat angidridnikimi?
A) kislorodniki B) vodorodniki
C) karbonat angidridniki
D) molekulalar o‘rtacha tezligi u chala gazda bir xil