2. Gazlar molekulyar – kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. 1. Gaz ideal bo‘lishi uchun nimalarni hisobga olmaslik kerak?
A) molokulalarning to‘qnashuvini
B) molekulalarning to‘qnashgandagi o‘zaro ta’sirini
C) molekulalarning harakatini
D) molekulalarning masofada ta’sirlashishini
2. Molekulalar tezligiga tegishli ushbu ifoda quyidagi mulohazalarning qaysi biriga asosan to‘g‘ri deb qabul qilinishi natijasida yuzaga kelgan?
A) molekulalar o‘zaro (elastik) to‘qnashadi
B) molekulalar soni kam
C) molekulalar xaotik, tartibsiz harakat qiladi
D) molekulalar shar shaklida
3. Ideal gazning bosimi molekulalarni tavsiflaydigan quyidagi kattaliklarning qaysi biriga bog‘liq
A) molekulalar orasidagi tortishish kuchiga.
B) potensial energiyaga
C) kinetik energiyaga
D) molekulalar orasidagi itarishish kuchiga
4. Quyidagi tasdiqlarning qaysi biri to’g’ri?
1) doimiy bosimli gazning zichligi temperaturaga bog’liq; 2) Gazning bosimi molekulalar konsentrasiyasi va temperatura bilan aniqlanadi; 3) normal sharoitda bir mol gazning hajmi uning molyar massasiga bog’liq; 4) normal sharoitda molekulalarning konsetratsiyasi hamma gazlar uchun bir xildir
A) 1,2 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4
5. Ballondagi geliy gazining harorati 127°C dan 527°C gacha ko‘tarilsa, gaz zichligi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi
6. Ballondagi kislorodning harorati 327°C dan 27°C gacha pasaysa, uning konsentrat- siyasi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi B)2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi
7. Tezligi 1,2 km/s bo‘lgan kislorod molekulasining idish devoriga 60° burchak ostida mutlaq elastik urilishi natijasida idish devori olgan kuch impulsini toping (Ns).
A) 3,210-25 B) 310-23C) 6,410-23 D) 0
8. Azot gazi molekulasining idish devoriga 60° burchak ostida mutlaq elastik urilishi natijasida impulsning o‘zgarishi 1,41023 kgm/s ga teng bo‘ldi. Molekulaning tezligini toping (m/s).
A) 2000 B) 1200 C) 600 D) 300
9. Ideal gazning molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 103 m/s zichligi 0,9 kg/m3 bo‘lsa, gaz bosimini toping (kPa).
A) 900 B) 300 C) 90 D) 30
10. Ideal gazning bosimi 4 marta ortsa, molekulalarining konsentratsiyasi esa 4 marta kamaysa, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi qanday o‘zgaradi?
A) o‘zgarmaydi B) 4 marta kamayadi
C) 2 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
11. Gazning hajmi 2 marta ortib, molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi shuncha marta kamaysa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 8 marta kamayadi
C) 4 marta kamayadi D) 8 marta ortadi
12. Molekulalari bir xil konsentratsiyada va bir xil o‘rtacha kvadratik tezlikda bo‘lgan kislorod va vodorodning bosimlarini taqqoslang.
A) 1:1 B) 16:1 C) 2:3 D) 8:3
13. Agar bir atomli gazning hajmi 2 marta kamaytirilsa va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi 2 marta oshirilsa, uning bosimi necha marta o‘zgaradi?
A) 8 marta kamayadi B) 8 marta ortadi
C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi