GAZLAR MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYASINING ASOSIY TENGLAMASI.
Modda gaz holatining, suyuqlik va qattiq holatlaridan farq qiladigan xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan gaz suyuqlik va qattiq jismlarga nisbatan juda kichik zichlikka ega, ikkinchidan gaz egallashi mumkin bo‘lgan butun hajm bo‘ylab hamma vaqt bir tekisda taqsimlanadi. Gaz egallagan hajm deganda gaz solingan idishning hajmini tushunishimiz lozim.
Siyrak gazda molekulalar orasidagi masofalar ularning o‘lchamlaridan ko‘p marta ortiq. Bu holda molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo‘lib, molekulalarning kinetik energiyasi o‘zaro ta’sirning potensial energiyasidan ancha katta.
Fizikada gaz xossalarini o‘rganishda ideal gaz tushunchasi kiritiladi. Ideal gazda:
Gazni tashkil qiluvchi molekulalar orasidagi masofa shu darajada kattaki, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi hisobga olinmaydi.
Molekulalarning ta’sir kuchlari ular o‘zaro to‘qnashganda sodir bo‘ladi va bu to‘qnashish absolyut elastik to‘qnashish bo‘ladi.
Gaz molekulalarining hajmi hisobga olinmaydi va ular moddiy nuqta deb qaraladi.
Modda tuzilishining molekulyar – kinetik nazariyasi gazning bosimini gaz molekulalarining idish devorlariga urilishi natijasida unga impuls
( berishi tufayli hosil bo‘ladi deb tushuntiriladi. Tajribalar natijalariga ko‘ra, gazning bosimi (r) idish devorlariga urilayotgan molekulalar soni N ga, molekulaning massasi ( ) va molekula harakatining o‘rtacha kvadratik tezligi ga bog‘liq bo‘lar ekan, ya’ni
bu yerda - gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi. Gaz bosimi bilan gaz molekulalarining zichligi, massasi va tezligi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi tenglama gazlar – molekulyar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi deyiladi. ko‘paytma gaz zichligini berganligi uchun (1) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
(1) ifodaning o‘ng tomonining surat va maxrajini 2 ga ko‘paytirib,
ekanligini e’tiborga olsak, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:
Demak, ideal gazning bosimi gaz molekulalarining konsentratsiyasi n ga va ularning o‘rtacha kinetik energiyasi ga to‘g‘ri proporsional ekan. (1), (2) va (3) tengliklar gazlar molekulyar–kinetik nazariyasining asosiy tenglamalaridir.