Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
Temperaturaning absolyut noli. Ideal gazning hajmi o‘zgarmas bo‘lganda bosimi nolga intiladigan holdagi yoki ideal gazning bosimi o‘zgarmas bo‘lganda hajm nolga intiladigan holdagi chegaraviy temperatura temperaturaning absolyut noli deyiladi. Absolyut nol temperaturada molekulalarning ilgarilanma harakati to‘xtaydi. Shuningdek, aytib o‘tish kerakki, tabiatda absolyut nol temperaturadan past temperatura bo‘lishi mumkin emas.
U. Kelvin temperaturaning absolyut shkalasini joriy etgan. Absolyut shkaladagi (Kelvin shkalasi) nol temperatura absolyut nolga mos keladi, bu shkalada temperaturaning har bir bir birligi Selsiy shkalasining gradusiga teng. Absolyut temperaturaning birligi XBS da Kelvin deb ataladi va K harfi bilan belgilanadi.
Kelvin shkalasi bo’yicha temperatura birligi qiymati Selsiy shkalasidagi qiymatga deyarli teng bo’lgani uchun kelvin shkalasida ifodalangan temperatura selsiy shkalasida ifodalangan temperatura bilan quyidagicha bog’lanishga ega:
Angliya va Amerika qo’shma Shtatlarida ba’zida temperaturaning Farengeyt shkalasidan foydalaniladi. Polyak fizigi G. Farengeyt 1709-yili spirtli termometr, 1714-yili simobli termometr ixtiro qildi va temperaturalar shkalasini tavsiya etdi. Farengeyt shkalasida muzning erish temperaturasini 320 ga va suvning qaynash temperaturasini 2120 ga teng qilib olinib, bu temperaturalar intervali 180 ta teng bo’lakka (gradusga) bo’lingan, Farengeyt termometrlari amalda birinchi ishlatilgan yaroqli termometrlardan hisoblangan.
Ideal gaz. Biz ideal gaz holatini o’ganish uchun quyidagi soddalashtirishlarni kiritamiz .
1. Gazni tashkil etuvchi atom va molekulalar o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan darajada kichik bo’lgan elastik sharchalardir.
2 . Atom va molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari juda kichik
( umuman yo’q desa ham bo’ladi ) .
Bu shartlarni qanoatlantiruvchi gaz ideal gaz deyiladi.Gaz yuqoridagi shartlarning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab ideal yoki real holatda bo’lishi mumkin . Berilgan massali gazning holati P bosim , V hajm va T temperaturalardan iborat uchta kattalikning qiymatlari bilan aniqlanadi. Bu kattaliklar holat kattaliklari deyiladi, ular bir-biriga qonuniy ravishda bog’langan bo’lib , ulardan birining o’zgarishi natijasida boshqalari ham o’zgaradi . Bu kattaliklarning o’zaro bog’lanishi analitik usulda
f (P , V , T ) = 0
Funksiya ko’rinishida ifodalanishi mumkin . Biror jismning kattaliklari orasidagi bog’lanishni ifodalovchi munosabat shu jismning holat tenglamasi deb ataladi . Binobarin , yuqoridagi munosabat berilgan gaz massasining holat tenglamasidir . Kattaliklarning o’zgarishi bilan gaz holatining o’zgarishi gaz jarayoni deyiladi . Temperatura o’zgarmaganda gaz bosimining uning hajmiga bog’liq holda o’zgarishi izotermik jarayon , bosimi o’zmaganda gaz hajmining uning temperaturasiga bog’liq holda o’zgarishi izobarik jarayon , hajmi o’zgarmaganda gaz bosimining uning temperaturasiga bog’liq holda o’zgarishi izoxorik jarayon deyiladi .