BMIning maqsadi:
Excel dasturini o`rganuvchilar uchun yanada chuqurroq bilim
berish va ularga qulayliklar yaratish.
BMIning ob’ekti:
Excelni o`rganuvchilar uchun o`quv qo`llanma yaratish.
BMIning predmeti:
Excel elektron jadvalini o`rganish vositalari.
BMIning vazifalari:
1.Mavzuga doir ma‘lumotlarni yig`ish va rejani shakllantirish;
9
2.BMIni jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.
BMIning tuzilishi va hajmi.
Bitiruv ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 45 ta rasm hamda 20 ga
yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning hajmi 64 betni tashkil etadi.
10
I Avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar
1.1. Avtomatlashtirishda dasturiy vositalarni o’rni va undan foydalanish.
Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va ishlab chiqarish jarayonlarini
o‘zlashtirish og‘ir sanoat va mashinasozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda
boshlandi. Og‘ir, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar
qo‘llanila boshladi, transport avtomatikasi takomillashdi. Energetika, metallurgiya,
kimyo, mashinasozlik, kommunal xo‘jalik, institutlar avtomatika laboratoriyalari
tashkil etildi. 50-yillarga kelib xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida
avtomatika qo‘llanila boshladi. GES agregatlarini to‘la avtomatik boshqarishga
o‘tildi, suv bilan ta‘minlash tizimlari va boshqa sohalar avtomatlashtirildi. Ishlab
chiqarishning ilmiy asoslari, asosan, uch yo‘nalishda rivojlandi. Birinchidan,
boshqarish ob‘yektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turg‘unligi va tashqi omillar
ta‘sirini o‘rganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni
tadqiqotchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan,
boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi
aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi.
Uchinchidan, o‘lchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish funksiyalarini
amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uyg‘unlashtirishning
puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin ishlab
chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi.
Tsexlar, omborlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborotlarni tuzish va
dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yig‘ilgan axborotlar
qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan
foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal o‘zgartirgichlari,
telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan
iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning
harakteri va shaklini o‘zgartiruvchi funksional o‘zgartirgichlar axborotni berilgan
algoritm bo‘yicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari)
11
va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Axborotlarni ko‘rsatuvchi qurilmalar — signal
tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektronnur trubkasi, harf
va raqamli bosma mashinalar operator odamga ishlab chiqarish jarayonlarining
borishini ko‘rsatadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish
taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli
impulslarga aylantiradi. Bu impulslar himoya, rostlash yoki boshqarish
qurilmalarining ijro organiga ta‘sir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yig‘ish
va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xo`jaligi tarmoqlarini boshqarishni
avtomatlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni
avtomatlashtirishda ishlab chiqarishni maqbul (optimal) rejimda olib borishga
imkon beruvchi nazorat va rostlash jihozlari, analitik texnika va dasturli boshqarish
majmualari ham juda muhim.
Xozirgi kunda avtomatlashtirilgan boshqarishga o‘tish shunday yo‘l bo‘ldi.
Bunda boshqarish ob‘yekti jarayon, bo‘lim, birlashma, mamlakat miqyosidagi
xo‘jalik bo‘lishi mumkin. Agar boshqarilayotgan jarayon sifatida texnologik
jarayon ishlatilayotgan bo‘lsa, u texnologik turdagi avtomatlashtirilgan tizim, agar
ishlab chiqarish iqtisodiy jarayon bo‘lsa, u tashkiliy-iqtisodiy tizim bo‘ladi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining
rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlarida an‘anaviy boshqarishdan nusxa
olingani uchun, uning asosida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining joriy
qilingunga qadar qabul qilingan ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy
strukturasi yotar edi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tiziminingni joriy qilishdagi
muvaffaqiyatsizliklar sababini shunda deb tushuntirish mumkin. Chunki
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining ko‘pincha ungacha bo‘lgan tartibsizlikni
xam avtomatlashtirar, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning
buzilishiga sharoit yaratar edi. Shunga qaramay, masalalarni yechishning to‘la
algoritmlari ishlab chiqarilgan bo‘limlarda (moliya-buxgalter xisoboti, moddiy-
texnika ta‘minoti va boshqalar) avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining
qo‘llanilishi xisobotni sezilarli yaxshilashga, xujjatlar o‘tishini nazorat qilishga,
o‘z vaqtida qarorlar qabul qilishga imkon berdi. Quyi xollarda esa bu sezilarli
12
iqtisodiy samara berdi. Aynan ana shu 60-yillarda avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlarning birinchi avlodlari paydo bo‘ldi. Ularga quyidagilar xos edi: yechish
uchun xisob xarakteridagi tashkiliy-iqtisodiy masalalarni tanlash, optimal yechish
uchun masalalarning yo‘qligi, eski boshqarish usulini nusxalash, murakkab
bo‘lmagan masalalarni yechishda o‘sha davrning eng quvvatli mashinalaridan
foydalanish.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish va qo‘llash tajribasi uni
yirik birlashmalarga joriy qilish, yuqori iqtisodiy samara (mexnat va ishlab
chiqarishni yaxshi tashkil etish, rejalashtirish aniqligini oshirishga korxonani bir
maromda ishlashini ta‘minlashga, qo‘l mexnatini kamaytirishga) berishini
ko‘rsatdi. Shunday turdagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning o‘z-o‘zini
qoplash o‘rtacha ishlash muddati ikki yilni tashkil qildi. Ancha miqdorda tarmoq
miqyosidagi avtomatlashtirilgan tizimlar yaratildi. Ularda sanoat tarmog‘i
avtomatizatsiya ob‘yekti deb qaraldi. Boshqaruvchi ob‘yekt sifatida tarkibida
axborot xisoblash markazlariga ega bo‘lgan vazirlikning bo‘limlari xizmat qildi.
Istiqbolli rejalashtirish, kapital qurilish, tarmoq rivojini bashorat qilish soxalarida,
shuningdek moddiy-texnika ta‘minoti, moliya-buxgalter xisobi va boshqa shunga
o‘xshash bo‘limlarda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Lekin bu tizimlar faqat hi-
sob-axborot masalalarini yechish bilan cheklanib qoldilar, ularda boshqarishning
yopiq yo‘nalishi amalga oshirilmadi, korxona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
bilan texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi o‘rtasida uzilishlar
bo‘ldi. Bu masalalarni keyinchalik boshqarishning integrallashgan tizimlari yorda-
mida yechish talab etilardi, bu tizimlarda tashkiliy-iqtisodiy masalalar bilan bir
qatorda texnologik masalalar xam yechiladi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining rivojlanishi bilan bir vaqtda bu
soxada mutaxassis xodimlarning yetishmovchiligi sezilib qoldi. Shu davrda
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish va loyixalash tizimli masala
ekanligi aniq bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish uchun
boshqarishning iqtisodiy-matematik usullarini yaxshi bilish, ishlab chiqarishni
tashkil qilishni a‘lo darajada tasavvur qilish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
13
nazariyasi asoslarini, informatikani, loyixalashning zamonaviy avtomatizatsiya
vositalari asosida tizimlarni loyixalashni bilish kerak.
Lekin odatdagi qo‘l vositalari yordamida avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimini yaratish qiyin. Ularni yaratishning katta muddatlari (besh yil) xar 7 yilda
almashinib turgan hisoblash texnikasi vositalarining ma‘naviy eskirish vaqtiga zid
bo‘lib qoldi. Tizim faqat 2-3 yilgina mukammal bo‘lib qolar, bu vaqt esa etarli
emas
edi.
Bunday
sharoitlarda
avtomatlashtirilgan
boshqarish
tizimini
loyixalashning avtomatizatsiya vositalarini yaratish muammosi paydo bo‘ldi.
Aloxida funksional, texnika ta‘minoti masalalarini echish avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimining programma ta‘minoti elementlari bo‘yicha loyixa yechimlari
ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator takliflar oldinga surildi;
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarning boshlang‘ich ko‘rinishlari paydo
bo‘ldi. Lekin bir butun xolda avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanish sur‘atlari
va muximi, ularning yaratilish va loyixalash sur‘atlari yetarli emasligi ma‘lum
bo‘ldi. Tizimlarning birlashgan (integrallashgan)ligiga tizimning texnologik jara-
yondan tortib, tashkiliy boshqarishgacha bo‘lgan xamma vazifalarini
avtomatlashtirishga aloxida e‘tiborni qaratish va keyinchalik texnologik
jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirishni rivojlantirish kerak edi.
Boshqarish tizimlarining rivojlanish evolyutsiyasi quyidagicha o‘tadi: ma‘lum
bir bosqichlarda avtomatlashtirilgan boshqarish eng yuqori bosqich deb qaraldi,
lekin qonunlarni o‘rganish va o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra boshqarish insondan
avtomatga o‘ta boshlaydi va avtomatlashtirilgan boshqarish o‘z o‘rnini avtomatik
boshqarishga bo‘shata boradi. Shu ma‘noda avtomatlashtirilgan boshqarishning
intilish chegarasini avtomatik boshqarish, deb tushunish mumkin.
|