Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1
st
February, 2023
ISSN: 2835-3196
Website: econferenceseries.com
30 | P a g e
yuklatilgan yuksak vazifadir. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli
loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o’qituvchining
didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri
baholay olishiga bog’liqdir. Har bir o’tiladigan darsda ta’limning aniq
maqsadining belgilanishi o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan
biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi
aniqlanadi.
Fizika fan sifatida o’tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi
ko’payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib
boryapti. Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina
tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar
hajmini miqdoriy o’lchamga keltirish zarur. Ta’lim tizimida multimediali elektron
o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion
dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta’lim
tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda
foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni
(laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot
ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarni
modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple,
Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol
keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda
kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi.
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologiyada
fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos
muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli
va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash,
kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham
namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali
o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi.
Fizika fanini o‘qitishda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali
mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik
jarayonlarning yuz berish mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi
samara beradi. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa
tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter