1. Masalalar yechish - ilmiy bilimlar va tushunchalar sistemasini egallash vositalaridan biridir. Bilim va amaliy xarakterdagi o’quv va malakalarni egallashda masalalar yechish jarayonining roli juda kattadir. "Masala" tushunchasining ma’nosi juda xilma-xildir. Shulardan ayrimlari quyidagilardan iborat :
Masalalar amaliy va o’quv masalalariga ajraladi. O’quv masalalari o’quv faoliyatining asosini tashkil qiladi. Amaliy masalalar amalga oshirilganda esa masala yechish jarayoni qatnashadi, chunki u bevosita natija, ya’ni maxsulot bo’lib xisoblanadi. O’quv jarayonida fizik masala deb, odatda unchalik katta bo’lmagan biror konkret muammoga aytiladi. Bunday masalalar mantiqiy fikr yuritish, matematik amallarni bajarishni va fizikaning qonunlaridan xamda uslublaridan foydalanib, eksperiment o’tkazish asosida yechiladi.
2. "Masalani yechish" deyilganda, biror konkret masalani yechishni taxlil qilish va yechishning asosiy bosqichlarini ajratish jarayonida ayrim usullarni ishlab chiqish tushuniladi.
2. "Masalani yechish" deyilganda, biror konkret masalani yechishni taxlil qilish va yechishning asosiy bosqichlarini ajratish jarayonida ayrim usullarni ishlab chiqish tushuniladi.
3. Masala yechish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
- Masala shartini o’qish.
Masalaning fizik mohiyatini aniqlash va masala shartida qaralayotgan hodisani yoki jism holatini yaqqol tasavvur qilish maqsadida masala mazmunini taxlil qilish. Yuqoridagi bosqichda qaralgan masala mazmunini yanada to’laroq ochish uchun qo’shimcha chizma, sxema yoki sxematik rasmlar chizish.