Yettinchi bosqichda yuqoridagi xosil bulgan tenglamalar sistemasi faqat izlanayotgan fizik kattalikka nisbatan yechiladi. Bunda matematik jihatdan ratsional bo’lgan arifmetik, algebraik, geometrik, vektor va grafik usullardan foydalaniladi. Hosil bo’lgan "ishchi formula" masala yechish jarayonining natijasi bo’lib, unda izlanayotgan fizik kattalik masala shartidagi ma’lum kattaliklar orkal ifodalanadi.
Talaba (yoki o’quvchi) masala yechishga kirishgan dastlabki paytda masala mazmunining fizik asoslarini o’ylashi kerak. Shuning uchun o’quvchi "ishchi formula" ni xosil qilgandan so’ng, sakkizinchi bosqichda masala shartida berilgan fizik kattaliklarning birliklarini XBT (SI) birliklariga o’tkazish bilan shugullanishi kerak. Bu yozuvlar masala sharti ustunning davomiga vertikal chiziq ketidan qoldirilgan joyga yozilsa, yozuvlarning estetik ko’rinishiga putur yetmaydi.
Sakkizinchi bosqichda masala shartida berilgan fizik kattaliklarni "ishchi formula" ga quygan vaqtda ularning son qiymatlarini va birliklarini aloxida-aloxida yozib, barcha birliklarni bitta kvadrat qavs ichiga olish tavsiya etiladi. Bunday yozish esa masala yechimining to’griligini birliklar orqali tekshirishga imkon beradi.

Agar formulaga undagi har bir kattalikning o’lchov birligi yozilsa, izlanayotgan kattalikning o’lchamligi hosil bo’lishi kerak. Shundan so’ng javobning son qiymatini hisoblashga kirishish kerak.
To’qqizinchi bosqichda olingan javobning qiymati masalaning shartiga mos kelishi tekshiriladi. Sonlarni ortig’i bilan yoki kami bilan yaxshilab hisoblashlar bajarish ba’zi hollarda masalaning javobiga keskin ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun talaba (yoki o’quvchi) olingan javobning ishonchli va real ekanligiga ishonch hosil qilishi