To’rtinchi bosqichda masalani muvaffaqiyatli yechish uchun masala shartida berilgan ma’lum fizik kattaliklarni aniqlaydi. Bu kattaliklarni yozish davomida o’quvchi masala shartini uchinchi marta uqiydi, bunda so’z va iboralar yoki gapning mazmuni bilan berilgan fizik kattaliklarni aniqlaydi. Bunday kattaliklar fizik doimiylar jadval ma’lumotlari va biror xodisaning shartlari bo’lishi mumkin.
Masalaning shartini qisqacha, qator yoki ustun ko’rinishida yozish mumkin. Masala sharti qisqacha yozilganda barcha berilgan fizik kattaliklarni ularning xarfiy belgilari orqali son qiymatlari esa tegishli birliklari bilan birga yoziladi. Bitta fizik kattalikning bir necha qiymati qatnashayotgan bo’lsa, harfiy belgi ostiga indeks kiritiladi.
Masala shartini ustuncha yozish tartibi qogoz betining chap tarafiga masala shartida bevosita berilgan chap tarafiga kattaliklar, keyin esa jadval ma’lumotlar yoziladi, chiziq chizib, ostiga masalaning savoli yuqoridagidek qisqartirib yoziladi. Agar masala yechish jarayoni davomida boshqa qo’shimcha ma’lumotlar zarur bo’lib qolsa, ular ustunning davomiga, ya’ni savoldan keyin yozilishi mumkin, chiziqdan yuqoridagi yozuvlarni zichlashtirish tavsiya etilmaydi. Ustun qilib yozilgan masala shartini vektikal chiziq bilan ajratib, fizik kattaliklarning birliklarini tegishlicha XBT (SI) birliklariga o’tkazishga joy qoldirib, o’ng tarafga masalaga tegishli rasm chiziladi. Masala shartini bunday yozishni rejalashtirish ixcham va ratsional xisoblanadi.
Beshinchi va oltinchi bosqichda o’quvchi masalada qaralayotgan hodisani tavsiflovchi fizik qonuni masalaning mazmunidek aniqlaydi, izlanayotgan fizik kattalik qatnashgan qonun yoki formula yozilishi kerak.
Beshinchi va oltinchi bosqichda o’quvchi masalada qaralayotgan hodisani tavsiflovchi fizik qonuni masalaning mazmunidek aniqlaydi, izlanayotgan fizik kattalik qatnashgan qonun yoki formula yozilishi kerak.
U vaqtda bu ifodaga masala shartida berilmagan boshqa ifodacha masala shartida berilmagan boshqa kattaliklar uchun navbatdagi qonunlarni yozish talab qilinadi. Ketma-ket yozilgan qonunlarning eng oxirgisi masala shartidagi fizik kattaliklar orqali yozilgan bo’lishi kerak. Shunday qilib, formulalar bilan yozilgan fizik qonunlarning bu sistemasi n ta noma’lum tenglamalar sistemasini tashkil qiladi. Tuzilgan tenglamalardagi fizik kattaliklar vektor kattaliklar bo’lsa, u vaqtda tenglamalarni skalyar ko’rinishiga keltirish lozim. Buning uchun koordinatalar uslubidan foydalaniladi, ya’ni tenglamalar vektor kattaliklarning X va Y o’qlaridagi proyeksiyalari uchun yoziladi.