www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 183
FIZIKA FANINI O’QITISHDA INTEKGRATIV USULLARDAN
FOYDALANIB TAFAKKURNI O’STIRISH
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
11- sanatoriya maktab – internatining Fizika fani o'qituvchisi
Umirzaqova Zulfiyaxon Satimboyevna
Annotatsiya: Maqolada akademik litseylarda fizika fanini o’qitishning
integratsiyalashgan usullari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: fizika, ijodiy tafakkur, integrativ texnologiya,nostandart vazifa.
Hozirgi kunga kelib insoniyat har jabhada paydo bo‘lgan muammolarni hal
qilishning samarali
usullarini topa oladigan, malakali shaxslarga muhtojligicha
qolmoqda.
Shunday ekan, akademik litseylar ta’lim jarayonida o‘quvchilarga
mustaqil ijodiy faoliyat yuritishni o‘rgata oladigan,
uslubiy yondashuv va
metodikalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bular sirasiga
ijodiy
masalalarni hal qilish, bilishni o‘rganish, o‘z bilimlarini rivojlantirish
qobiliyatlari kiradi. An’anaviy metodikalarga tayanib o‘qitilayotgan
fizika
darslarida o‘qitishning an’anaviy shakllari odatda takrorlashga,
moddiy va
reproduktiv o‘quv faoliyatini yodlashga yo‘naltirilganligi ijodiy fikrlashni
rivojlantirishni ta’minlamasligi ayon bo‘lib qoldi . Shunday ekan, fizika o‘qitishda
ijodiy shaxsni shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi
samarali yondashuvlarni
aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Fizika oʻqitish metodikasida ijodiy masalalarni yechish masalasiga katta eʼtibor
berildi, ularning pedagogik ahamiyati taʼkidlandi (B.Izbosarov,T.Rizaev,
B.Ibragimov,
X.Maxmudova,
B.Nurillaev,
V.I.Lukashik,
A.S.Kondratiev,
S.M.Kozel, S.V.Bublikov va boshqalar). Bunday muammolarni hal qilishning
umumiy yondashuvlari ishlab chiqilgan, ammo o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini
bir butun sifatida va uning individual jihatlarini
rivojlantirishga qaratilgan