2.2. Kishilik jamiyati taraqqiyotida fizika o’quv predmetining tutgan o’rni
Materiya makon (fazo) va zamonda (vaqtda) mavjuddir. Tabiatdagi barcha
jarayonlar ma’lum ketma-ketlikda va ma’lum vaqtda davom etadi. Vaqt-tabiat
hodisalarining ketma-ketligini va chekli davom etishini ko’rsatsa, fazo jismlarning
bir-birlariga nisbatan joylashuvini korsatib, ular orasidagi masofani aniqlaydi.
O’z navbatida fazo va vaqtning xususiyatlari tabiatdagi jarayonlarni ma’lum
qolipda saqlab turuvchi saqlanish qonunlariga tayanch bolib xizmat qiladi.
9
Bularning hammasi fizikani falsafa bilan naqadar chuqur bog’lanib ketganligining
nishonasidir.
Fizika-tajribaviy fan bolib, uning qonunlari tajriba natijalariga asoslanadi.
Tajriba ma’lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun otkaziladi.
Nazariya esa, topilgan natijalarga tayanib tabiat qonunlarini shakllantiradi, ma’lum
hodisalarni tushuntiradi va bazan yangi hodisalarni bashorat qiladi.
O’rganilayotgan obektlarning turiga qarab fizika: yadro fizikasi; elementar
zarralar fizikasi; atom va molekulalar fizikasi; qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi
va hakozolarga bolinadi.O’rganilayotgan jarayonlar va materiya harakatining
shakliga qarab: moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi; yaxlit muhit mexanikasi,
termodinamika va statistik mexanika elektrodinamika, tortishish nazariyasi, kvant
mexanikasi, kvant maydon nazariyasi kabi bo’limlarga bolinadi.
Texnika-fanga asoslangan va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishiga
yordam beruvchi, inson tomonidan yaratilgan barcha qurilmalar va vositalar
toplamidir. Fizika texnika bilan ham chambarchas bog’langan. Fizika va texnikaning
bog’lanishi quyidagi ikki tomonlama namoyon boladi:
Fizika-odamlar turmushining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Qadimda,
mexanikaning rivojlanishiga qurilish va harbiy ehtiyojlar turtki bolgan. Shuningdek
rus injeri I.Polzunov tomonidan uzluksiz ishlovchi bug mashinasining loyiha
qilinishi, ingliz ixtirochisi D.Uatt tomonidan universal bug dvigatelining yasalishi,
bug mashinalari foydali ish koeffitsientini oshirish yollarini izlashni taqozo etgan.
Natijada termodinamika jadal suratda rivojlangan [3].
Fizik jarayonlar juda qadim zamonlardan buyon, hattoki eramiz-dan oldin
ham odamlarning diqqat markazida bo’lgan. Moddalarning atomlardan tashkil
topganligi to’g’risidagi ta'limot Demokrit, Epikur, Lukretsiylar tomonidan olg’a
surilgan. Olamning geosentrik sistemasi (Yer olamning markazi) haqidagi ta'limot
Ptolemey tomonidan yaratilgan. Shuningdek, eramizdan oldin Qadimgi
Yunonistonda richag (tayanch), yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi va
qaytishi to’g’risidagi, gidrostatikada Arximed qonunlari yaratildi. Elektr va magnit
hodisalariga aloqador ba'zi oddiy hodisalar kuzatildi. Bular-ning barisi eramizdan
10
oldingi to’rtinchi asrda Aristotel tomonidan umumlashtirilib yagona sistemaga
solindi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, uning fikricha bilishning asosiy vositasi
tajriba bo’lmay, aqliy mulohaza yuritish bo’lgan. Bundan so’ng uzoq vaqt davomida
fizikaning rivojlanishiga hissa qo’shadigan arzigulik ishlar kuzatilmagan. o’n
yettinchi asrga kelib italiyalik mashhur fizik G.Galiley harakatni matematik
tenglamalar yordamida ifodalash zarurligini tushundi. U, Aristoteldan farqli o’laroq,
jismlarning biror jismga ta'siri natijasida u tezlik emas, balki tezlanish olishini
ko’rsatdi. Galiley (1609) inersiya, jismlarning erkin tushishi qonunlarini (1604 —
1609) yaratdi. Yorug’likning tezligini o’lchash maqsadida tajriba o’tkaz-di. Shunga
qaramasdan, o’n yettinchi asrning eng ulkan yutug’i bo’lib ingliz fizigi I. Nyuton
tomonidan kashf etilgan klassik mexanikaning yaratilishi hisoblanadi. U o’zining
1687- yilda chop etil-gan «Natural filosofiyaning matematik asoslari» asarida
dinamikaning uchta asosiy qonuni va butun olam tortishish qonunini bayon qildi.
Fizika rivojining keyingi bosqichi J. Maksvell (IXX asrda) tomonidan
elektromagnit maydon nazariya-sining yaratilishi bo’ldi. 1888 yilda G. Gers elektro-
magnit to’lqinlarning mavjudligini tajribada isbotladi.
Keyingi muhim voqealar 1895- yilda V. Rentgen tomonidan o’z nomi bilan
ataluvchi nurlarning, 1896- yilda A. Bekke-rel tomonidan tabiiy radioaktivlikning
kashf qilinishidir. 1905- yilda A. Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariya-sini e'lon
qildi. Shu yili u fotoeffekt uchun o’z formulasini yozdi. 1911-yildaE. Rezerford va
1913-yilda N. Bor atomning planetar modelini yaratdilar.
Yuqoridagilar kvant fizikasiga asos bo’ldi. Atom yadrosi va ele-mentar
zarralar fizikasi vujudga keldi.
O’zbekiston ilm-fan, ta’lim va madaniyat qadim-qadimdan taraqqiy topgan
mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot,
kimyo, hamda to’qimachilik, me'morchilik, ma'danshunoslik, kulolchilik, falsafa,
musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik yaxshi rivojlangan.
Markaziy Osiyo, xususan, o’zbekiston hududida olib borilgan ar-xeologik
qazishlar va tadqiqotlar buni yaqqol isbotlab bermoqda.
11
Sharq allomalarining buyuk vakillari bo’lmish Muso al-Xorazmiy va
Muhammad al-Farg’oniylar Bag’dod akademiyasi ,,Bayt ul-Hikmat" (,,Donolar
uyi") da o’z tadqiqotlarini olib borganlar. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy (780-yilda Xivada tug’ilib, 850-yilda Bag’dodda vafot etgan)
matematika, astronomiya, geografiya sohasida asarlar yaratgan. ,,Al-jabr" (algebra)
fani va ,,algoritm" tushunchasiga asos solgan. Uning ,,Hisob al-Hind" va
,,Astronomik jadvallar" asarlari o’n ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib,
Yevropada keng tarqalgan o’nli sanoq sistemasi va algoritm tushuncha-sining
yoyilishiga olib kelgan.
Abdul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kashr al-Farg’oniy ham
astronomiya, geografiya, matematika fanlari bilan shug’ullangan Farg’oniy Quyosh
tutilishini oldindan hisoblab chiqqan. Yerning zoldirsimon ekanligini ilmiy
isbotlagan, meridian uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o’lchash uchun
asbob yasagan va unga risolalar yozgan. Uning ,,Yulduzlar ilmi va samoviy
harakatlar haqida to’plam" nomli qomusiy asari ko’plab tillaiga tarjima qilingan.
O’sha davrda yashagan buyuk Sharq allomalaridan yana biri Abu Nasr
Muhammad Uzlug Tarxon al-Forobiydir. Turli sohalarga oid 160 dan ziyod asarlar
yozgan. O’n birinchi asrda Xorazm poytaxti Urganchda ,,Bilmidonlar uyi",
,,Ma'mun akademiyasi" tashkil etilgan bo’lib, falsafa, matematika va tib ilmlari
muhokama qilingan. Buyuk mutafakkirlar: Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Sahl Masihiy va boshqalar bu akademiyaning a'zolari bo’lishgan.
Qomusiy olim va mutafakkir Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beamiy
(973- yilda Xorazmda tug’ilib, 1048-yilda G'aznada vafot etgan) birinchi globusni
yasagan 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Geliotsentrik sistema to’g’risidagi
fikrlari bilan fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan.
Abu Ali ibn Sino — qomusiy olim, shoir (980-y. da da tug’ilib, 1037- yilda
Isfaxonda vafot etgan). Asarlarining soni 280 dan ortiq. Ulardan 40 dan ko’prog’i
tibbiyotga, 30 dan ortig’i tabiiy fanlar va musimantiq, axloq, ilohiyot, ijtimoiy-siyo-
siy mavzularda.
12
O’n beshinchi asrda Mirzo Ulug’bek Samarqandda akademiya tashkil qildi.
Uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va oliy o’quv yurti —
madrasa bor edi.Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394- yilda Sultoniya shahrida tu-
g’ilgan, 1449- yilda o’ldirilgan) dunyodagi eng yirik astronomiya mak-tabini tuzgan.
Katta ilmiy va madaniy meros qoldirgan. Shulardan biri ,,Ulug’bek ziji" (,,Ziji
Ko'ragoniy")dir. Shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzlar ro’yxatini tuzgan.
Mashhur astronom va matematik olim — Nasriddin Tusiy (Abu Ja'-far
Muhammad ibn Muhammad Ibn Hasan, mashhur astronom va matematik olim —
Nasriddin Tusiy (Abu Ja'-far Muhammad ibn Muhammad Ibn Hasan astronomiya
va matematika fanlar taraqqiyotga katta hissa qo’shgan. Uning ,,Axloqi Nasriy" va
,,Tajrid", shuningdek mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq, falsafa va boshqa
sohalarga oid ko’plab asarlari mavjud.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad
1360 — 1437) Mirzo Ulug’bekning ustozi bo’lgan. Rumiy ,,Aflotuni zamon" (o’z
davrining Platoni) nomini olgan.
Atoqli matematik va astronom Koshiy, taxminan 1430- yilda vafot etgan)
birinchi bo’lib fanga o’nli kasrlarni kiritdi va nazariy asosladi, sin 1° va sonini o’nli
sistemada 17 xonagacha aniqlik bilan hisobladi.
Mashhur astronom Ali Qo’shchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Mu-hammad
Qo’shchi, 1403 — 1474) matematika va astronomiyaga doir risolalar yozgan. U
fasllar almashinuvi, Oy va Quyosh tutilishini ilmiy-tabiy jihatdan to’g’ri tushunturib
bergan. Buyuk bobolar ruhiga yuksak hurmat va ehtiromda bo’lgan keyingi avlodlar
ularning ishlarini munosib davomchilari bo’lib qolishmoqda. Bunga O’zbekistonda
fizika taraqqiyoti sohasida olib borilayotgan ishlar yaqqol misol bo’la oladi [5].
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ilm-fanning rivojiga alohida
e'tibor berilmoqda. Hozirgi o’zbekiston fanlar akademiya-sining ilmiy-tarmoqlar
bo’yicha sakkizta bo’limi mavjud. Ulardan biri fizika-matematika fanlari bo’limidir.
Uning tarkibiga fizika sohasida faoliyat ko’rsatayotgan quyidagi ilmiy tekshirish
institutlari kiradi: Yadro fizikasi instituti ,,Fizika—quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmasi, Elektronika instituti, Astronomiya instituti, Issiqlik fizikasi bo’limi.
13
Hozirgi paytda o’zbekistonda fizikaning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda:
Issiqlik fizikasi — asosan, akademik P. Q. Habibullayev yaratgan ilmiy
maktabda olib borilib, uning asosini O’zbekiston Fanlar akademiyasining issiqlik
fizikasi bo’limi tashkil qiladi. Ilmiy ishlar: bir jinsli bo’lmagan muhitlar issiqlik
fizikasi, lazer nurlarining jismlar bilan o’zaro ta'sirlashuvi, yuqori haroratli o’ta
o’tkazuvchanlik yo’nalishlariga taalluqlidir.
Yadro fizikasi — bu sohadagi ishlar, asosan, Yadro fizikasi institutida olib
boriladi. Ular O’zbekistonda 20-yillardan boshlan-gan. Lekin muntazam tadqiqotlar
Fizika-texnika institutida akade-mik S. A. Azimov (1914 - 1988) rahbarligida olib
borilgan. 1956-yilda esa Yadro fizikasi instituti tashkil qilingan. Hozir bu yerda:
yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi, yadro reaksiyalari, maydonning kvant
nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadro fizikasi va boshqa
yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Quyosh texnikasi fizikasi (geliotexnika) — bu yo’nalishning asosiy maqsadi
quyosh nuri energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishning fizik asoslarini ishlab
chiqish va ular asosida yuqori samarali geliotexnik qurilmalarni yaratishga
qaratilgan. Bu barcha tarmoqlarning rivojlanishida akademiyaning muxbir-a'zosi
Umarovning (1921 — 1988) xizmatlari katta. Hozirgi paytda xonadonlarni issiq suv
va issiqlik bilan ta'minlovchi quyosh isitgichlari, meva quritgichlar, sho’r suvlarni
chuchuklash-tiruvchi qurilmalar, quyosh energiyasi asosida ishlovchi boshqa
moslamalardan xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda.
Qiyin eruvchi materiallar fizikasi. Yuqori haroratli materialshu-noslikka oid
bu tadqiqotlar 1976-yildan boshlab S. Azimov va boshqalar tomonidan keng
ko’lamda o’tkazila boshlandi. Bu tadqiqot-larda to’plangan quyosh nuri bilan
materiallarga termik ishlov berish usuli asos qilib olindi. Shu maqsadda 1987- yilda
Toshkent viloyatining Paikent tumanida 1000 kv quvvatli katta quyosh sandoni
qurib bitkazildi. Bunday qurilma shu paytga qadar Fransiyaning Odeyo shahridagina
mavjud edi. Qurilmaning fokus masofasi 18 m bo’lib, u 54x42 m o’lchamga ega va
62 ta bir xil o’lchamdagi geliostatlardan iborat. 1993-yilda esa ,,Fizika — Quyosh"
14
ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida ,,Materialshunoslik" ilmiy-tekshirish
instituti tashkil qilindi [6].
Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ishlar akademik S. Azimov
rahbarligida Fizika-texnika institutida boshlangan. Tadqiqotlar, asosan, ikki
yo’nalishda olib borilmoqda: kosmik nurlar fizikasi va juda katta eneigiyagacha
tezlashtirilgan zarra va
yadrolarning nuklonlar
hamda
yadrolar bilan
ta'sirlashuvlarini o’rganish.
Fizikaviy elektronika. o’zbekistonda bu sohadagi dastlabki tad-qiqotlar o’tgan
asrning o’ttizinchi yillarida boshlangan. Bu soha-ning keyingi rivojlanishi, fizik-
elektronchilar ilmiy maktabining vujudga kelishi, ko’p jihatdan akademik U. Orifov
(1909 — 1976) nomi bilan bog’liq. 1967- yilda esa Fanlar akademiyasining elektro-
nika instituti tashkil qilindi.
Yarim o’tkazgichlar fizikasi — bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari yigirmanchi
asrning 30- yillarida boshlangan. Bu ishlar ko’plab ilmiy-tekshirish institutlari va
oliy o’quv yurtlarida olib borilmoq-da. Yarim o’tkazgichlar fizikasi sohasida o’zbek
olimlarining yutuqlari ham talaygina. Jumladan, quyosh energiyasini elektr
energiyasiga aylantirib beruvchi o’zgartkichlar, yuqori kuchlanishli fotoelektrik
generatorlar, ikki yoqlama sezgir fotoo’zgartkichlar ishlab chiqildi va ular asosida
fotoelektrik qurilmalarning modullari yaratildi. sekund (s) — seziy-133 atomi asosiy
holatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi o’tishga mos keluvchi nurlanish
davrining 9192631770 tasiga teng bo’lgan vaqt;
Fizika fanining asosiy tekshirish uslubi — tajribadir. Tajribalar natijasini
tushuntirish, asoslash maqsadida ilmiy nazariyalar yaratiladi. Bularning hammasi
tabiatda mavjud bo’lgan obyektiv qonuniyatlarni o’rganishga va natijada ularning
fizik qonunlarini yaratilishiga olib keladi. Fizik qonunlar fizik kattaliklar orasidagi
ma'lum munosabatlar vositasida ifodalanadi.
Fizik kattalik deb, miqdor jihatdan har bir fizik obyekt uchun xususiy, lekin
sifat jihatdan ko'plab obyektlar uchun umumiy bo 'Igan va bu obyektlarning biror
xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi.
15
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir. Fizik
kattalikning birligi deb, har birfizik kattalikni miqdoriy ifodalash uchun qo
'llaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o 'lchamlifizik
kattalikka aytiladi.
Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (Sl—sistema intYernational)
1960- yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha bosh konferensiyada qabul qilingan:
m e t r (m) — yorug’likning bo’shliqda 1/299792 458 s da o’tadigan yo’lining
uzunligi;
kilogramm (kg) — kilogrammning xalqaro timsolining massasiga teng massa
(Parij yaqinidagi Sevr shahrida o’lchov va tarozilar xalqaro byurosida saqlanayotgan
platina-iridiy qotishmasining massasi);
s e k u n d (s) — seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o’ta nozik sathlari
orasidagi o’tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo’lgan
vaqt;
k e 1 v i n (K) — suv uchlamchi nuqtasi termodinamik harorati-ning 273,15
dan bir qismiga teng harorat birligi;
a m p e r (A) — bo’shliqda bir- biridan 1 m masofada parallel joylashgan,
ingichka, cheksiz uzun o’tkazgichlardan o’tganida shu o’tkazgichlarning orasida
ular uzunligining har bir metriga 2•10-7 H o’zaro ta'sir kuchi vujudga keltiradigan
o’zgarmas tok kuchidir;
mol (mol) — tarkibiy elementlari, 0,012 kg massali 12C nuklidda mavjud
bo’lgan tarkibiy elementlarga teng sistemaning modda miqdori;
k a n d e 1 a (kd) — 540•1012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan
manbaning, eneigetik kuchi 1/683 W/sr bo’lgan yo’na-lishdagi yorug’lik kuchi;
r a d i a n (rad) — ikki radius orasida joylashgan va qarshisidagi yoyning
uzunligi aylana radiysiga teng bo’lgan burchak;
s t e r a d i a n (sr) — sfera sirtidan tomoni sfera radiusidek bo’lgan
kvadratning yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo’lgan fazoviy
burchak.
Hosilaviy birliklar fizik qonunlardan foydalanib topiladi [4].
|