Fizika guruh talabasi ostonov sanjarbekning fizika



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#100459
1   2   3   4   5   6
2-V Fizika Ostonov Sanjarbek

 



II. ASOSIY QISM 
2.1. Fizika fanining rivojlanish tarixi 
Bizni o’rab turgan makon bepoyon va xilma – xildir. Bu olamdagi – tabiatdagi 
har bir hodisa fazo va vaqtda voqelikka aylanadi. Boshqacha aytganda, fazo va 
vaqtda ro’y beruvchi har bir narsa hodisadir. Tabiatdagi hodisalar xilma – xil bo’lib, 
ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi, ya’ni tabiatdagi barcha moddiy va maydon 
ko’rinishidagi borliq – materiya harakat tufayli o’zgarib turadi va bu o’zgarishlar 
ma’lum qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Materiya o’zgarishining asosi bo’lgan 
harakat xilma – xil va doimiydir. Bu qonuniyatlarni o’rganish va aniqlash tabiiy 
fanlarning vazifasidir. Jumladan modda va maydon ko’rinishidagi borliq – materiya 
harakatiga oid qonuniyatlarni o’rganish fizika fanining asosiy vazifasidir.
Tabiat hodisalari va qonunlarini o’rganish juda qadimdan boshlangan. Tabiat 
sirlarini o’rganish asosida insoniyat o’zining turmush sharoitini, yashash 
imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Natijada tabiat sirlarini o’rganish kundalik 
ehtiyojga aylanib qoldi. 
Yunonistonda tabiat hodisalarini o’rganish ( fan rivojlanishi ) bilan 
tabiatshunoslik fani vujudga keldi. Yunoncha ,, Fyuzis “ so’zi tabiat degan ma’noni 
bildiradi. Fizika fani XVIII asrdan boshlab tez rivojlandi. Italiya olimi Galiley 
mexanika qonunlarini aniqlagan bo’lsa, ingliz olimi Nyuton bu qonunlarni uzil – 
kesil ta’riflab berdi. XVIII asrga kelib sanoat, transport, texnika rivojlandi va issiqlik 
hodisalarini o’rganish asosida molekulyar fizika – termodinamika fani rivoj topdi. 
XVIII asr ohiri XIX asr boshlariga kelib, elektr hodisalari kashf qilina 
boshlandi va elektromagnetizm nazariyasiga asos solindi. Hozirgi atom asri, 
kosmonavtika, kibernetika asrida fizika fani yutuqlarini birma – bir sanab berish 
juda qiyin. 
1954- yili dunyoda birinchi marta atom elektrostantsiya ishga tushirildi. 1957-
yili birinchi marta Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi. 1961- yili jahonda birinchi 
marta inson kosmosga parvoz qildi. 1970- yili astronavtlar Oyga borib qaytishdi. 
Hozirgi vaqtda termoyadro energiyasidan yaqin yillar ichida foydalanishning real 
tadqiqotlari amalga oshmoqda. 



Tabiat qanday va nimalardan tuzilganligi haqidagi savol har doim dolzarb 
masala bo’lib kelgan. Hozirgi zamon fani tabiatni elementar zarralar – yadro – atom 
– molekula – makrojism – planeta – yulduzlar – Olam ko’rinishida tasavvur qiladi 
va tabiat ma;lum qonuniyatli bog’lanishga ega bo’lgan , masalan , elementar zarralar 
yanada kichik zarralardan, yadro proton va neytronlardan, atom yadro va 
elektronlardan, 
makrojism 
atom 
va 
molekulalardan, 
Quyosh 
sistemasi 
planetalardan, Galaktika yulduzlardan, Olam galaktialardan tuzilgan deb hisoblaydi. 
Inson faqat makrojism ( gaz, suyuq, qattiq ) jismlar bilan muomalada muloqotda 
bo’ladi. Lekin mikro va makro olamdagi hodisalarning borishini ham kuzatishlar, 
tekshirishlar, izlanishlar bilan o’rganib boradi.
Fizika tabiat qonunlarini, tabiat hodisalarini o’rganar ekan bosqichma – 
bosqich, masalan, dastlab mexanik harakatlar (planetalar harakati), issiqlik 
hodisalari, (molekulalar harakati), jism xossalari qanday, atom, yadro va elementar 
zarralar (mikroolam) qanday tuzilgan, nimalardan tuzilgan degan savollarga javob 
oladi. 
Zarralar, yadrolar, atomlar, makro jismlar va Olamni tashkil qilgan har bir 
sistemani o’zi ham bir butunlikni ta’minlovchi asosiy o’zaro ta’sirga ega. Hozirgi 
vaqtda bunday asosiy o’zaro ta’sirlarni tabiatda 4 xil bo’lishini aniqlagan. Bundan 
tashqari tabiat ikki xil ko’rinishda modda va maydon ko’rinishida bo’lishligini 
aniqlagan bo’lib, tabiat faqat moddiy borliq – moddiy jism va maydon ko’rinishida 
namoyon bo’ladi. 
Tabiatning eng muhim ajralmas xususiyati fazo va vaqt (makon va zamon) 
hisoblanadi. Tabiat biz yashayotgan dunyoni faqat uch o’lchovli fazo va bir 
o’lchovli vaqt ko’rinishida tanlab olgan bo’lsa, ajab emas. Fizika fanining 
muhimligiga sabab, u materiya harakatining eng sodda shakllaridan tortib eng 
umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Tabiatni bilishda biz sezgi organlarimizga 
asoslanamiz. Bu sezgi organlarimiz orqali obyektiv dunyoni bilishga harakat 
qilamiz. 
Fizika fanining o’rganish obyekti materiya harakatidir. Materiya, harakat 
umuman olganda falsafiy tushunchalardir. Materiya – sezgi organlarimizga ta’sir 



etib, sezgi uyg’otadi, bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan obyektiv reallikdir. 
Harakat umuman o’zgarishdir. Harakat materiyaning yashash shaklidir. Harakatning 
eng sodda shakli mexanik harakatdir. Fizika eng oddiy mexanik harakatdan tortib 
murakkab harakat shakllari, atom ichki dunyosigacha bo’lgan harakat ko’rinishidagi 
o’zgarishlarni o’rganadi.
Mexanik harakat deb, jism va jism qismlarining ko’chishiga aytiladi. Bunday 
ko’chish albatta biror jismga nisbatan sodir bo’ladi. Shning uchun jism harakatini 
tekshirishda bu jism harakatini biror harakatsiz jismga nisbatan hisoblash haqida 
shartlashib olishimiz kerak. Bunday harakatsiz jism bilan bog’langan ihtiyoriy 
koordinatalar sistemasini sanoq sistemasi deb olishimiz mumkin. Amalda ko’pincha 
shunday sanoq sistemasi sifatida Dekart koordinatalar sistemasi ishlatiladi. Jism 
harakatini tekshirish uchun umuman olganda, birinchidan, unga nisbatan biron 
harakatsiz jism – sanoq sistemasi bilan berilgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, 
harakatdagi jism bilan harakatsiz deb olingan jism orasidagi masofani o’lchash 
usuliga – masshtabga ega bo’lishimiz kerak. Uchinchidan, harakatning 
davomiyligini o’lchash usuliga – vaqtni o’lchash usuliga ega bo’lishimiz kerak. 
Fanning rivojlanishida tajriba muhim ahamiyatga ega. O’tkazilgan tajriba 
(kuzatishlar, eksperiment, amaliyot) yordamida tabiat hodisalarining ma’lum bir 
sohasi bo’yicha juda ko’p ma’lumotlar yig’iladi, to’planadi. Bu ma’lumotlar, 
bilimlar asosida ilmiy tahmini (gipoteza) yaratiladi. Agar farazlar to’g’riligi yangi 
tajribalarda tasdiqlansa, nazariya vujudga keladi. Bu nazariya esa hodisalarni yagona 
nuqtayi nazardan, ham sifat jihatdan, ham miqdor jihatdan to’g’ri tushuntiriladi, 
ba’zi hodisalarni oldindan aytib beradi.
Tabiat hodisalarini o’rganish jarayonini soddalashtirish uchun bu hodisalarni 
o’zida tahminan to’g’ri aks ettiruvchi aniq tasviri, nusxasi, modeli yaratiladi. 
Modellardan foydalanib, nazariya juda ko’p hodisalarni to’g’ri tushuntiradi. 
Fizikada ana shunday modellardan juda ko’p foydalaniladi. Masalan: moddiy nuqta, 
mutlaq qattiq jism, elastik sharcha, mutloq qora jism va hokazolar. 
Agar jism deformatsiya hisobga olinmasa, ya’ni deformatsiyalanmaydigan 
jism mutloq qattiq jism deyilad. Bizga ma’lumki mutloq deformatsiyalanmaydigan 



jism tabiatda yo’q. Lekin unga yaqin bo’lgan jismlar mavjud. Bazan jism harakatini 
tekshirishda uning o’lchami hisobga olinmaydi. O’lchami hisobga olinmaydigan 
jism moddiy nuqta deyiladi. Masalan, snaryad harakatini tekshirishda uni moddiy 
nuqta deb hisoblash mumkin. Lekin snaryad harakati umuman olganda porox 
sifatiga, miqdoriga, to’p tuzilishiga, snaryad o’lchamiga, shakliga, havo 
qarshiligiga, snaryadni o’z o’qi atrofida aylanishiga va boshqalarga bog’liq. Yerning 
o’z o’qi atrofida harakatini kuzatishda uni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin 
emas. Quyosh atrofidagi harakatida Yerni moddiy nuqta deyishimiz mumkin. 
Miqdoriy ifodalanishi mumkin bo’lgan fizik tushuncha kattalik deyiladi, ya’ni 
materiyaning fizik xossalarini tavsiyalovchi kattaliklar fiizik kattaliklar deyiladi. 
Masalan: vaqt, uzunlik, tezlik, tok kuchi va hokazo. 
Fizik hodisalarni va ulardagi qonuniyatlarni o’rganish hamda ulardan 
texnikada va hayotda foydalanish jarayonida fizik kattaliklarni o’lchash zaruriyati 
tug’iladi.
Umuman fizik kattalilar o’lchov birligini tanlash mumkin ahamiyatga ega 
bo’lib, (bu birliklarni ihtiyoriy qabul qilish mumkin) dastlab fransuz olimlari taklif 
qilgan o’lchov sistemasiga asosan asosiy birliklar sifatida metr, kilogramm, sekund 
qabul qilindi. 
Biror kattalikni o’lchash bu shartli ravishda birlik qilib olingan jismga, 
masalan, etalon – na’muna deb olingan jismga berilgan jismni taqqoslash, 
solishtirishdir. Boshqacha aytganda, o’lchash deb o’lchanilishi kerak bo’lgan 
kattalikda u bilan bir jisnli va birlik deb olingan kattalik necha marta borligini 
aniqlashdan iboratdir. Bunda etalon qilib olingan jism o’lchov birligi deyiladi [2]. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin