Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning



Yüklə 140 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü140 Kb.
#123542
1   2   3   4   5   6   7
Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning

Fizik qonunlami o‘rganish rejasi

  1. Berilgan qonun qanday kattaliklar orasidagi bog‘lanishni ifodalashi.

  2. Uning ta’riflanishi.

  1. Qonunni tasdiqlovchi tajribalar va eksperimental faktlar.

  1. Qonunni hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida tushuntirish.

  2. Qonunning amalda qo‘llanilishiga misollar.

Uchinchi bosqichda o‘quvchilar tomonidan matn turini aniqlash mahorati mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilar matndagi asosiylarni aniqlab aytib berish rejasini tuzadi. Ularning nutq madaniyatlari ham o'sadi.
To‘rtinchi bosqichda o‘quvchilarning aralash matnlar bilan ishlash mahorati shakllanib boradi. Masalan, hodisa va uni xarakterlovchi kattaliklar, asboblarning tuzilishi va ishlatilishi.
Beshinchi va oltinchi bosqichlarda o‘quvchilar mustaqil ravishda konferensiyalarga ma’ruzalar tayyorlaydilar, referatlar yozadilar.
Mustaqil ishlash qanday bo‘lishidan qat’i nazar uning natijasi doim tekshirilishi va muhokama qilib borilishi lozim. So‘rash individual, frontal, masala yechishda, tajriba o‘tkazishda amalga oshirilishi mumkin.
O‘qituvchi o'quvchiiarning kitob bilan ishlashini tashkil qilgan holda yangi materialni o‘rganish strukturasining bir necha variantlarini ko‘rib chiqadi. Darslik yangi axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Darslik bilan ishlash asosiy o‘rinni egallab, darsda o‘quvchilar faoliyatini qanday tashkil qilishga bog'liq bo'ladi. Bir misoi ko'rib chiqaylik.
Dars mavzusi «Elastiklik kuchi»
O‘qituvchi avval o‘quvchilar oldiga bu darsda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni qo‘yadi, so‘ngra ularni ishga jalb qiladi va darslikdagi materialdan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Umumlashtirib qo'yilgan vazifani hal qilish yo‘llarini tahlil qiladi. Bir vaqtning o‘zida materialning asosiy masalalarini ko‘rsatib o‘tadi.
Dars vazifasini ilgari surish
Quyidagi hodisalarni so‘zlab beramiz: Stol ustida yotgan kitob, yerning tortish kuchiga qaramay undan tushib ketmaydi. Ma’lumki, stolni biroz qiya holatga keltirsak ham kitob sirpanib tushib ketmaydi. Bunday faktlarni har qadamda uchratamiz va bolalikdan ularga ko‘nikib qolganmiz.
Bu hodisalarning sababi nimada? Bu savol oddiy emas. Avval bu holatlarda namoyon bo‘ladigan kuchlarning umumiysini qidiramiz.
O‘quvchilarni qo‘yilgan vazifani hal
qilishga kirishtirish

O‘quvchilarga darslikdan «Tabiatda kuchlar» bobining kirish qismini o‘qib chiqib, qo‘yilgan savolga javob topish taklif qilinadi. Darslikdagi matnda to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob yo‘q. U yerda «Elektromagnit kuchlar» tushunchasi yoritiladi va elastiklik kuchi haqida bilirn beriladi. Ammo elastiklik kuchining paydo bo‘lish sababining yoritilishi dars boshlanishida qo‘yilgan savolga javob berish imkonini beradi.
O ‘qituvchining umumlashtirishi
O‘qituvchi ko‘rib chiqilgan material tahlilini suhbat uslubi bilan olib boradi. Suhbat ko‘rib chiqilgan matn rejasi bo‘yicha olib boriladi.

  1. «Elektromagnit kuchlar» atamasining yoritilishi:

  1. Qanday kuchlar elektrik kuchlar deyiladi? (bu kuchlar ta’sirini namoyon qiluvchi belgilar; bu kuchlarning yuzaga kelish sharti: bu kuchlar kattaligining nimaga bog‘liqligi).

  1. Harakatdagi elektr zaryadlari tinch holatdagi elektr zaryadlariga nisbatan qanday xususiyatlarga ega?

d) Elektromagnit kuchlar deganda nima tushuniladi?

  1. Elektromagnit kuchlarning yuzaga kelish sababi, ya'ni ularning tabiati:

  1. Qanday holatda jism elektr jihatdan neytral bo‘ladi?

  1. Atomlararo o‘zaro ta’sir kuchini yuzaga keltiruvchi tashqi sabablar.


Qo‘yilgan vazifaning o‘qituvchi
tomonidan bajarilishi

Elastiklik kuchining xarakterli tomonlarining yoritilishi:

  1. Elastiklik kuchining tabiati: (O‘quvchilar rejaga asosan elastiklik kuchi tabiatiga ko‘ra elektr kuchlari ekanligini asoslaydilar.)

  1. Kuchning asosiy belgilari va uni aniqlash:

O‘quvchilar o‘qigan materialni o‘qituvchi umumlashtirib, o‘quvchilar e’tiborini elastiklik kuchini matnda ko‘rsatilgandek aniqlashga qaratadi va elastiklik kuchining umumiy belgilari bilan solishtirgan holda ta’kidlaydi.
d) Deformatsiyalanuvchi jismlar,jismlar qismlarining o‘zaro ta'sirining xarakteristikasi sifatida:

  • jismlarning deformatsiyalanishiga olib keluvchi o‘zaro ta’sir hodisalari;

  • deformatsiya sababi; deformatsiyajism qismlarining bir- biriga nisbatan harakati jarayoni;

  • deformatsiya oqibatlari; uning natijasi — elastiklik kuchi;

  • deformatsiyaning yuzaga kelish sharti;

e) Deformatsiyani xarakterlovchi kattaliklarning o‘zaro aloqasi:

— Guk qonuni (deformatsiyani xarakterlovchi kattaliklarning miqdoriy bog‘lanishi).
Dars boshlanishida qo‘yilgan muammoning yechilishi
Bu vazifani yechish uchun dars boshida keltirilgan misollarda qanday o‘zaro ta’sirlar borligini aniqlab olamiz, bu o‘zaro ta’sirlar nimaga olib keladi; qaysi misollarda elastiklik kuchi namoyon bo'lishini aniqlaymiz.
Darslikda bayon qilingan materialning o'qituvchi tomonidan tahlil qilinishi o‘quvchilarga matnning mazmunini anglashga va elektromagnit kuchlar haqidagi axborotni o‘zlashtirishga yordam beradi. Kuch haqidagi umumlashtirilgan bilim asosida o‘qituvchi uning konkret turi — elastiklik kuchini ko‘rib chiqadi.


Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin