3.O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish. Mustaqil ishlarning turlari. 0‘quvchilarning mustaqil ishlari deganda o‘qituvchi topshirig'ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o'quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda o‘qituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi.
Fizika o‘qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin:
o‘rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash; tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish;
asboblar va ko'rgazmalar tayyorlash va hokazo.
Mustaqil ish qanday bo‘lishidan qat’i nazar rahbarlik rolini o‘qituvchi bajaradi. U mustaqil ishning hajmi va mazmunini, darsdagi o‘rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o‘quvchilarga yo‘llanma beradi, o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Mustaqil ishlar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo'lishi lozim.
Agar o‘qituvchi o‘quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko‘rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa, o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikma va malakasi shakllanib boradi.
Darslik (kitob) bilan mustaqil ishlash. Darslik o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy vositadir.
O‘rta maktabda o‘qish davrida o‘quvchilar kitob bilan ishlaganda quyidagi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib chiqishlari lozim:
hodisalarning asosiy belgilarini, qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari;
rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;
o'qiganlarining rejalarini tuza olishlari;
o‘qiganlarini o‘z tillari bilan mantiqan ketm'a-ket va boshqa materiallar bilan to‘ldirilgan holda bayon qila olishlari;
mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari;
mundarija, nom va ism ko‘rsatkichlaridan foydalana olishlari;
katalog bilan ishlay olishlari va bibliografiya tuza olishlari lozim.
Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning vazifasi o‘quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang‘ich ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o‘quvchilarga sodda matnlar berilib o‘quvchilar uni o‘qib, o‘qituvchi oldindan qo‘ygan savollarga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qo‘yilib, o‘quvchilar oldindan tayyorlab qo‘yilgan, bir turdagi ko‘pgina matnlarga oid bo‘lgan umumlashtiruvchi rejalar asosida matn dagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning umumlashgan rejalari quyidagichadir.
Fizik hodisani o‘rganish rejasi Hodisaning belgilari, uning ta'rifi.
Hodisaning sodir bo‘lish va kuzatish sharoiti.
Hodisani hozirgi zamon tasawurlari asosida tushuntirish.
Hodisaning boshqa hodisalar bilan bog‘lanishi.
Hodisaning amalda qo‘llanishi.
Fizik kattaliklarni o'rganish rejasi Berilgan fizik kattalik ifodalaydigan xossa.
Kattalikning boshqa kattaliklar bilan bog‘lanishini ifodalovchi formula.