Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Yodning molekulyar kristall panjarasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/6
tarix06.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#83195
1   2   3   4   5   6
kristall panjaralar

Yodning molekulyar kristall panjarasi.

Ularning eritmalari amalda elektr tokini o’tkazmaydilar. Molekulyar panjarali anorganik moddalar kam, ammo hamma kristallik organik moddalar molekulyar kristall panjaralar hosil qiladi. Kristallik panjaralari ionlardan tashkil topganlarga ionli panjara deyiladi. Fazoviy panjara tugunlarida alohida ionlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Kristallarda ionlararo bog’ ancha barqaror.


Ion kristall panjara turi.Qarama-qarshi zaryadlangan ionlar moddaning fizik xususiyatlarini tavsiflovchi elektromagnit maydon hosil qiluvchi tugunlarda joylashgan. Bularga quyidagilar kiradi: elektr o'tkazuvchanligi, refrakterlik, zichlik va qattiqlik. Stol tuzi va kaliy nitrat ionli kristall panjara mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ion strukturalarda qarama-qarshi ionlar bir-birlariga nisbatan ideal bir xil nisbatlarda zarrachalar bilan o’ralgan bo’ladi. Shunday qilib individual molekulalar qattiq holatga o’tganda ularning individualligi yo’qoladi va ionli birikmalarda hamma kristallga gigant yagona zarracha deb qaraladi. Ion kristallarda alohida molekulalarni ajratish mumkin emas, ular bo’lmaydi.


NaCl ning ion kristall panjarasi

Butun kristallni teng sondagi qarama-qarshi ionlardan tashkil topgan gigant mikromolekula deb qarash mumkin.Masalan, osh tuzida qattiq holatda NaCl-holida emas, balki gigant zarracha NanClm holida mavjud bo’ladi. Faqat ionli birikmalar ishtirok etishi bilan boradigan reaksiyalarning tenglamalarini yozishda soddalashtirish maqsadida yaxlit zarracha NaCl holida yozish qabul qilingan.Ionli strukturalarda mavjud bo’lgan kulon kuchlari hisobiga, molekulalararo kuchlarga nisbatan zarrachalar kuchli tortishgan bo’ladi. Shu bilan bog’liq holda ionli birikmalarning suyuqlanish tempraturalari va qattiqliklari qutbli va qutbsiz molekulalardan hosil bo’lgan moddalarga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Kristallarda ionlararo tortishish kuchlari ko’pincha kristallik panjara energiya kattaligi bilan xarakterlanadi. Bu energiya gaz holidagi ionlardan bir mol modda hosil bo’lishida ajralib chiqadigan energiyaga teng bo’ladi.


Na+ +Cl-=[NaCl]+186kka
l

NaCl ning ion kristall panjarasi.

Demak bir mol kristall NaCl dagi bog’larni uzish uchun ham shuncha energiya (186kkal) yutiladi, bunda kristallik panjara buziladi va kristallarning suyuqlanishi sodir bo’ladi. Bu tempraturaga kristallarning suyuqlanish temperaturasi deyiladi. Bog’lanish energiyasi qanchalik katta bo’lsa, kristallarning suyuqlanish temperaturasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.Suyuqlangan ionli birikmalar va ularning suvdagi eritmalari (agar ionli birikma suvda erisa) elektr tokini yaxshi o’tkazadilar. Shuning uchun hamma ionli birikmalarga kuchli elektrolitlar deyiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin