Dispers sistemalar bir necha sinfga bo’linadi: 1.Chin dispers sistema- bunda faza zarrachalarining kattaligi 1 nanometrdan kichik bo'ladi (1 nm — 10' 7 sm = 10' 9 m m ). Chin dispers sistema dispers fazani tashkil qiluvchi moddalarning xususiyatiga qarab ikkiga bo‘linadi: Agar faza elektrolitmas moddalar (mochevina, qand, glukoza, spirt va boshqalar) dan iborat bo’lsa, molekular-dispers sistema deyiladi. Agar faza elektrolit moddalar (tuzlar, aso slar, k islotalar va boshqalar) dan iborat bo’ls a , ionli-dispers sistema deyiladi. Chin dispers sistem a tiniq, filtrlanadigan, pergamnt qog‘ozdan oladigan , gomogen, optik jihatdan bo‘sh, barqaror va eskirmaydigan xossalarga ega.
2. Kolloid dispers sistemada dispers faza zarrachalarining o’lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo’lg an (masalan, gummiarabik, jelatina, oltin, kumush va boshqa moddalar eritmalari). Kolloid dispers sistemalar — tiniq (tovlanadigan), filtr qog‘ozdan o‘tadigan , o‘simlik va hayvon membranalaridan va pergament qog‘ozdan o’tmaydigan, geterogen, yorug‘lik o‘tganda Tindal konusini hosil qiladigan, nisbatan b arqaror va vaqt o ‘tishi bilan o ‘zgaradigan xususiyatlarga ega.
3. Dag‘al dispers sistema — bunda dispers faza zarrachalarining o ‘lchami 100 nm dan katta bo’la d i. Bu sistema tiniq as, filtrlanganda qog‘oz filtrdan va pergamentdan o’tmayd igan , beqaror, geterogen, yorug’likni qaytarish va sindirish hamda o’zgartirish xususiyatlariga ega. Sistemalardan eng ahamiyatlisi kolloid dispers sistemadir. Bu sistema kolloid eritmalar yoki zollar deb ham ataladi.Eng ko`p o`rganiladigan va ko`p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir.
Suyuq eritmalar - asoslar, kislotalar, tuzlarning va organik moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo`lgan sistemalardir. SHu sababli eritmalar qatoriga ko`pchilik suyuqliklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, atsetonsuv, atseton-spirt, benzol-benzin va hokazo) ning o`zaro aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo`lish jarayonida agregat holatini uzgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. Masalan: suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan qat`iy nazar) osh tuzi kristallari suv ta`sirida kristall holatini yo`qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. SHuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo`ladi.Agar suyuqliklarning o`zaro aralashuvidan hosil bo`lgan eritmalar bo`lsa, miqdori ko`p bo`lgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi