8-masala. 32% CuSO4 eritmasining zichligi 1,2g/ml, molyar konsentratsiyasi 1,5 mol/litr bo’lsa, eritmaning molyal konsentratsiyasini toping.
Javob: 2,94 Cm
9-masala. Sulfat kislotaning qanday foizli eritmasining molyalligi 1,5 ga teng? ( ) Berilgan:
Mr(H2SO4)=98
Cm=1,5 C%=? Yechish:
X=12,8% Javob: 12,8 C%
10-masala. Oksalat kislota suvdagi eritmasining molyal va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:8,1 bo’lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang. nisbatni
deb belgilaymiz va formulaga qo’yamiz.
X=1,23*8,1=10%
Molyal konsentrastiya va titr konsentratsiya o’rtasidagi bog’likga oid masalalar yechish mavzusini o’qitish metodikasi. Mavzu: Molyal konsentrastiya va titr konsentratsiya o’rtasidagi bog’likga oid masalalar yechish Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad : O`quvchilarda bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish malakasini,bir-biriga yordam berish tuyg`usini,guruh bo`lib ishlash malakasini hosil qilish .
Sinfda do`stona muhitni vujudga keltirish .
Talimiy maqsadi: O`quvchilarga molyal konsentratsiya va foiz konsentratsiyaga oid masalalar yechish metodikasi mavzusini yoritish. Masalalar yechishni qulay usullar orqali ishlashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad : O`quvchilarning mustaqil mutoala qilish,mustaqil bilim olish , o`qigan ,o`rgangan
materiallar asosida xulosa qilish malakalarini rivojlantirish .
Darsning jihozlari :kompyuter jihozlari, proyektor.
Darsning turi : an’anaviy, ma’ruza
.
Darsning borishi : I . Tahkiliy qism :
1.Sinf xonasini darsga tayyorligini ,o`quvchilar davomatini , o`quv qurollari , formasini ko`zdan kechirish.