Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan


 Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash



Yüklə 276,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix20.11.2023
ölçüsü276,26 Kb.
#166107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishiiIiii

2.5. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash 
Elektrolit eritmalaridagi ionlarning harakatini ifodolovchi tushuncha 
ionlarning harakatchanligi deyiladi. Ionlarning harakatchanligi ularning haqiqiy 
tezligiga to’g’ri proporsionaldir. Ionning eritma ichida potensiallar ayirmasi 
santimetrga bir volt bo’lgandagi tezligi, ya‘ni ionning bir sekundda necha santimetr 
yo’l yurishini ko’rsatadigan son ion harakatining absolyut tezligi deyiladi. Masalan, 
ba‘zi bir ionlarning absolyut harakat tezligi quyidagicha, Н

ioniniki 3,242 10
-3
sm/sek ga ОН
-
ioniniki 1,802 10
-3
sm/sek ga, К+ ioniniki 0,665 10
-3
sm/sek ga Cl 
ioniniki 0,676 sm/sek ga teng. Eritmadagi ion harakati absolyut tezligining Faradey 
soni (F = 96500) ga ko’paytmasi ionning harakatchanligi deb ataladi. Ionning 
harakatchanligi ion turini, erituvchining tabiatiga va haroratga bog’liq. Harorat 
ortishi bilan ionlarning harakatchanligi oshadi.
 
Elektroliz vaqtida ionlar turli 
tezlikda harakat qilishini Gittorf tekshirib aniqladi. HCl eritmasi elektroliz 
qilinganda H+ ionlari Cl- ionlariga qaraganda 5 marta tez harakat qiladi. Н+ va ОН- 
ionlarining harakatchanligi barcha ionlarnikidan yuqori. Agar elektrolit orqali 96500 
Kulon elektr o’tsa, 12 – ekv. elektrolit parchalanadi; shunda 1 g – ekv. anion va 1 g 
– ekv. kation eritmaga chiqadi. Agar ionlarning harakatchanligi teng bo’lsa, anod 


22 
fazodan katod fazoga o’tgan va katod fazodan anod fazoga o’tgan ionlarning grami 
– ekvivalent miqdori bir – biriga teng bo’ladi. Ionlarning harakatchanligi, ekvivalent 
elektr o’tkazuvchanlik va tashish sonini Debay-Xyukkel-Onzager nazariyasi asosida 
eritma tarkibiga bog’liqligini talqini. Eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan 
ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik kamayadi. Bu yuqorida keltirilgan sabablar 
ta’siridir. Lekin suyultirish bilan ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik ortishi chegarasiz 
bo‘lmaydi. Har qaysi elektrolit uchun ma’lum suyultirishdan (konsentratsiyadan) 
boshlab ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik o‘zgarmay qoladi. Bunday elektr 
o‘tkazuvchanlik cheksiz suyultirgandagi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi 
hamda odatda 


bilan ishoralanadi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin. 
2-rasm. 
Cheksiz suyultirganda elektr o‘tkazuvchanlik deyarli o‘zgarmay qolishini, 
bunda ionlar orasida o‘zaro ta’sir deyarli yo‘qolib ketishi bilan izohlanadi [12]. 

Yüklə 276,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin