Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Gormonlar va stress. 
Ichki sekretsiva bezlari asab tizimi bi­
lan bir qatorda stress sharoitlarda organizmning moslanish reak- 
siyasini, y a ’ni favqulodda yuzaga keluvchi tashqi muhitlar ta'si- 
ri natijasida yuzaga keluvchi (sovuqqa qotish. muhit haroratining 
ko'tarilishi. jarohatlar. infeksiya, zaharlanish va h. k.) kuchlanishga 
moslanishini ta ’minlaydi.
K anadalik tadqiqotchi G. Selye stress haqidagi ta ’limotni fanga 
kiritdi (ingl. 
stress -
kuchlanish). Stress paytida bir qator umumiy 
moslanish sindromlari deb ataladigan moslanish o'zgarishlari yu­
zaga keladi. Barcha turdagi stresslarga xos bo'lgan bunday o'zga- 
rishlar organizmning hayotini saqlab qolish uchun qaratilgandir. 
Gipofiz va buyrakusti bezlari po'stloq qatlami ishtirokisiz umumiy 
adaptatsion sindromlarning rivojlanishi mumkin emas. Agar hay-
www.ziyouz.com kutubxonasi


vonlarning gipofiz yoki buyrakusti bezlari olib tashlansa. favqulod- 
dagi qo'zg'atu vchi ta'siri ostida halok bo'lishi mumkin. Adapta- 
siya sindromni rivojlanishining uch bosqichi farqlanadi: 

bosqich 
bezovtalanish reaksiyasi - glukokortikoid va adrenokortikotrop 
gormonlarining qonga ajralishini tezlashishi bilan birga kechadi. 
bu esa organizmning q o'zg'atuvchilar ta ’siriga moslashishini 
ta ’minlaydi; 
II 
bosqich - ta'sirotchilar ta’siriga organizmning chi- 
damliligi. y a'ni rezistentligini oshiradi - gipofizning oldingi qis­
mini va buyrakusti bezining massasini ortishi (gipertrofiya), adre- 
nokortekotrop gormoni va glukokortikokoidlarni katta miqdordagi 
sekretsiyasi bilan xarakterlanadi, bu esa, o 'z navbatida, organizmni 
noqulay ta'sirotlar ta ’siriga chidamliligini rivojlanishini ta ’m inlay­
di; 
III 
bosqich - oriqlab ketish - bezlar yetarli darajadagi himoya 
gormonlarini ishlab chiqaolmasligi bilan xarakterlanadi. Bu esa 
m oslanish jarayonini buzadi va organizmning holati yomonlashib 
uning o iim ig a olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, favqulodda qo'zg'atuvchilar ta ’siriga organizmni 
moslanishi uchun yetarli miqdorda AKTG va glukokortikoidlar- 
ni yetarlicha sekretsiyasini talab etadi. Bu gormonlarni Selye 
moslovchilar
deb atadi.
Gipofiz va buyrak usti bezining po'stloq qismini stessorli reak- 
sivalarga qo'shilishi, avvalo, reflektor vo 'l bilan gipotalamusning 
funksional faolligining ortishi ishtirokida. (stressorlar, ekstero - va 
interoretseptorlarga ta ’sir etib gipotalam usga qator impulslar oqi- 
mini yuboradi), asab tizim ining simpatik b o iim in i qo'zg'atilishi 
orqali va, nihoyat, bosh miva p o 'stlo g 'id an chiquvchi impulslar 
natijasida yuz beradi (ruhiy stress).

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin