Fiziologiyasi va gigiyenasi


Eritrotsitlarning ahamiyati



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Eritrotsitlarning ahamiyati. 
Eritrotsitlarning asosiy funksi- 
yasi o'pkadan tananing barcha a ’zolariga kislorod tashishdan ibo­
rat. Eritrotsit tarkibiga kiruvchi gemoglobin kislorod bilan qancha 
yengil biriksa ularni shuncha vengil to'qim alarga beradi. Karbonat 
angidrid gazini organizmdan chiqarib yuborishda ham gemoglobin- 
ning roli muhim. Shunday qilib, eritrotsitlar qonning gazli tarkibini 
nisbiy doimiyligini ta ’minlaydi.
Gemoglobin. 
Eritrotsitlar tarkibiga oqsilli modda qonga qizil 
rang beruvchi gemoglobin kiradi (90 % dan ortiq). G emoglobin ilcki 
qismdan iborat bo'lib, uning oqsilli qismi 
globin
va oqsil bo'lm a- 
gan qismi ikki valentli tem ir atomini saqlovchi -
gem (prostetik
guruh) pigmentidan
tashkil topgan. Gemoglobin o 'p k a kapillarla- 
rida kislorod bilan birikib 
oksigemoglobin
hosil qiladi. Gemoglo­
bin o'zining kislorod bilan birikish xususiyatiga gem, aniqrog'i 
uning tarkibidagi ikki valentli tem ir atomi tufayli ega bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


To'qim alar kapillarlarida oksigem oglobin juda yengil kislo- 
rodga va gemoglobinga bo'linadi. Bu hodisaning yuz berishini 
to'qim alarda katta miqdorda karbonat angidrid gazining saqlanishi 
ta ’m inlaydi.
O ksigemoglobin och tiniq qizil rangga ega bo'lsa. gemoglobin 
esa qoramtir - qizil rangga egadir. Ana shu bilan arterial qon bilan 
vena qoni orasidagi ranglarni farqlash mumkin. Oksigemoglobin 
kuchsiz kisiotali muhit xususiyatlariga ega. bu esa, o ’z navbatida, 
qon reaksiyasining (pH) doimiyligini ta'm inlashda muhim aham i­
yatga ega.
Gemoglobin karbonat angidrid gazi bilan birikib karbgemoglo- 
bin hosil qilish xususiyatiga ega, bu jaravon to ’qimalar kapillarlari­
da yuz beradi. CO, o'pk a kapillarlarida to'qim a kapillarlaridagiga 
nisbatan ancha kam bo ig an lig i sababli gemoglobinning karbonat 
angidrid bilan birikmasi parchalanadi. Shunday yo'l bilan gem o­
globin karbonat angidrid gazining tashilishida ishtirok etadi.
Gemoglobin is gazi bilan (CO) juda barqaror birikma kar- 
boksigem oglobin hosil qiladi. Is gazi bilan gemoglobin kislorod- 
ga nisbatan ju da yengil birikadi. Shu sababli havoda 0,1 % is gazi 
b o ig a n id a qonning tarkibidagi gemoglobinning yarmidan ko'pi u 
bilan birikadi, ana shu sababli hujayra va to'qim alar zarur miqdor- 
dagi kislorod bilan ta'm inlanm aydi. Kislorod taqchilligi tufayli 
muskullarning zaiflashuvi. hushdan ketish, tomirlarni tortishib qo­
lishi va o'lim yuz berishi mumkin. Is gazi bilan zaharlanganda bi­
rinchi vordam, jarblanuvchiga toza havo bilan nafas olishni ta'm in- 
lash kerak. so ’ngra achchiq choy ichirib undan keyin tibbiy yordam 
k o i'satish kerak b o ’ladi.
Voyaga yetgan odamning 100 ml qonida 13-16 g gemoglobin 
saqlanadi. Buni qanday tushunish kerak? Deyarlik barcha adabi- 
yotlarda qonning tarkibidagi gemoglobin uning 65-80 % ni tashkil 
qiladi deb yozilgan. Gap shundaki. tibbiyot am aliyotida 100 ml qon 
tarkibidagi 16,67 g ga teng bo'lgan gemoglobin 100 % deb olina- 
di. Odatda, voyaga yetgan odamlar qonida hech qachon 100 % ge­
moglobin saqlanmaydi. aksincha, bir muncha kam. ya'ni 60-80 %
www.ziyouz.com kutubxonasi


saqlanadi. Demak, qon tahlilida 80 gemoglobin birligi deb yozilgan 
b o ’lsa, bu 100 ml qonda 16,67 g ning 80 % mavjudligini k o ’rsatadi 
bu esa 13.4 g gemoglobin bor deganidir.
Gemoglobinning yuqori darajada saqianishi (100 % va undan 
yuqori) faqat yangi tug'ilgan bolalarda kuzatiladi va hayotining 
5 -6 kunlari bu ko'rsatkichlar pasava boradi, bu esa qizil ilikning 
qon hosil qilish funksiyasi bilan bog'liq. S o'ngra 3 -4 yoshga bor- 
ganidan keyin qondagi gemoglobin miqdori biroz ortadi, 6 -7 yosh­
ga borib esa eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gem oglobin­
ning miqdorini ortishi biroz sekinlashadi. 8 yoshga borib yana erit­
rotsitlar soni va undagi gemoglobinning miqdori orta boshlaydi.
1 ml qon tarkibidagi eritrotsitlar sonini 3 mln dan kam va ge­
moglobin miqdorining 60 % dan past b o ’lishi anemetik holatdan 
(kamqonlik) darak beradi.
Shuni qavd qilish kerakki, qon tarkibidagi gemoglobin miqdori 
o'zgaruvchan b o ’lib, u eritrotsitlar miqdoriga. oziqlanishga, toza 
havoda qancha muddatda qolishga va boshqalarga bog'liq b o ia d i.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin