Fiziologiyasi va gigiyenasi


U m um ta’lim o ‘rta maktablar, shahardan



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

11. 7. U m um ta’lim o ‘rta maktablar, shahardan
tashqaridagi bolalar orom gohlarida va turistik
sayohatlarda ovqatlanishni tashkil etish
Bolalar va o'sm irlar issiq ovqat iste'm ol qilganda kamroq 
charchaydi va ish qobiliyatini uzoqroq muddat saqlavdi. Ovqat 
ikkinchi yoki uchinchi tanaffus vaqtida yeyiladi. Bolalar muassa- 
salarida oshxona o'quvchilar soniga qarab tashkil etiladi va xom 
masalliq bilan ishlaydigan oshxonalarga: boshqa umumiy ovqatla­
nish korxonalaridan masalliq olib. pishirib beradigan oshxonalarga, 
boshqa oshxonalarda tayyorlangan ovqatlarni issiq holda (nonushta 
va tushlikka) tarqatuvchi oshxonalarga b o iin ad i.
30 ta sinfga m o'ljallangan bolalar muassasalariga olingan raa- 
salliqni pishirib beradigan oshxonalar tashkil etiladi. Oshxonada 
yetarlicha idish-tovoq. qoshiq, sachqi, usti silliq toza stollar bo'li- 
shi kerak. Q o'l yuvish uchun oshxona zalida 20 o 'ringa bitta hi- 
sobidan chig'anoq o'rnatiladi. O 'quvchi va talabalarga oshxonada 
xizmat ko'rsatish quyidagicha tashkil etiladi: O 'quvchi va talabalar 
uchun kerakli idishlar, qoshiq. sanchqilar qo'yib chiqiladi. Bolalar 
kelishiga 5-10 daqiqa qolganda navbatchilar nonushta yoki tushlik 
ovqatni tarqatishadi. Har bir guruh uchun m a’lum stollar. har bir 
o'quvchi uchun esa o'rindiqlar qo'yiladi.
Oshxonasiz joylarda bolalarga bufet xizmati tashkil etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar va o'sm irlar oromgohlarda, asosan, ochiq havoda b o ii-
shadi. jism oniy tarbiya va sport bilan ko'proq shug'ullanishadi. 
serharakat o'yinlarda qatnashishadi va hokazo. Bu energiya sarfini 
taxminan 10 % ga oshiradi. Demak, ovqat kaloriyasini ham oshirish 
kerak b o ia d i. Dam olayotgan 7-14 yoshli bolalar uchun kunlik 
ovqatda taxminan 100 g oqsil, 100 g yog1, 400 g uglevod bo'lishi, 
ovqatning umumiy kaioriyasi 3000 k/kaini tashkil etishi zarur.
Yozda shaharda qoladigan bolalar uchun maktablarda yoki 
bog'larda sog'lom lashtirish oromgohlari tashldl etiladi. Bu yerda 
kuniga ikki mahal issiq ovqat beriladi, bu ovqat kunlik kaloriyaning 
60 % ni tashkil etadi (nonushta 25 % va tushlik taxminan 35 %).
M e'da-ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida ichish yoki 
ovqat tayyorlashga ishlatiladigan suv sanitariya-epidemologiya xo- 
dimlari tom onidan tekshirilgan buloqlar yoki vopiq quduqlardan 
olinadi.
Sog'liqni saqlash tarm og'i ovqatning sifatini, biologik qiymatini 
har kuni nazorat qilib turadi. Joriy sanitariya nazoratining asosiy 
vazifasi ovqatning bola organizmi xususiyatlariga to 'g 'ri kelishini 
kuzatib borish, ovqatdan zaharlanish, yuqumli kasalliklar hamda 
gijja tarqalishining oldini olishdir.
Ovqatning sifatli bo'lishi uchun bolalar muassasalari tibbiy xo- 
dimlari maxsus jadvallardan foydalanib, taomlarning kaloriyasini 
hisoblab chiqarishlari kerak.
Tayyor ovqatni vaqti-vaqti bilan laboratoriyalarda tekshirib 
ko'rib, kaloriyaning miqdorini, jum ladan, oqsillar, yo g ‘lar, ug­
levodlar va vitamin С miqdorini aniqlash, ovqatlanislmi nazorat 
qilib turish zarur. T o 'g'ri ovqatlanish deb asosiy oziq moddalar- 
ning organizmda hazmlanishi bilan ularning organizmda sarfla- 
nishi o'rtasidagi muvozanat qaror topadigan tarzda organizmning 
fiziologik ehtiyojiga yarasha ovqatlanishga aytiladi.
M asalliqlarni saqlashda, ulardan ovqat pishirishda sanitariya- 
gigiyena qoidalariga qat'i amal qilish bolalar muassasalarida ovqat- 
lanishni tashkil etishning asosiy shartidir.
M aktabda ovqatlanishni tashkil etishni muassasa rahbari, tibbiy 
xodim, oshxona xodimi, ota-onalar qo'm itasining vakillaridan ibo-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rat ovqatlanishni tashkil etish hay'ati bilan birgalikda. vaqti-vaq- 
ti bilan tuman sanitariya-epidemologiya xizmati xodimlari ham 
nazorat qilib turishlari lozim.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin