Hozirgi paytda odamlarning turli a'zolari va to'qim alarining
hamda ovqatlarning aminokislotali tarkibi o'rganilgan.. Shu sabab-
li oziqlanish ratsionida odam barcha hayotiy zarur aminokislotalar-
ni zarur m iqdorda va nisbatda olishi uchun oziq mahsulotlarni nor-
malash mumkin.
To'yim li moddalardan faqat azot, oqsillar tarkibigagina kiradi.
shu sababli oqsilli oziqlanishning miqdoriy tomoni haqida azot
muvozanati bo'yicha hisob-kitob qilish mumkin. Azotli muvozanat
- bu bir kecha-kunduz davomida ovqatlar bilan organizmga tush-
gan va undan bir-kecha kunduz davomida oqsillarni parchalanishi
natijasida siydik. najas va ter bilan ajralgan azotlarning o'zaro nis-
batidir.
Oqsillarda o ’rtacha 16 % azot, y a ’ni 6,25 g oqsilda 1 g azot
saqlanadi. O 'zlashtirilgan azotning miqdorini 6,25 ga ko'paytirib
organizmga kiritilgan oqsilning miqdorini aniqlash mumkin.
Voyaga yetgan odamlarda, odatda, m o ‘tadil, ya'n i tenglash-
gan azot muvozanati kuzatiladi - oziqlar bilan kiritilgan azotning
miqdori va ajralish mahsulotlari bilan chiqarilgan azotning miqdori
teng bo'ladi. Organizmga oziqlar bilan tushgan azotning miqdori
organizmdan chiqarilgan miqdoridan k o 'p bo visa, bu vaqtda mus-
bat azot muvozanati haqida gap yuritish mumkin. Bunday m u
vozanat bolalarda tana og'irligi ortgan paytda, kuchli jism oniy ish
bajarganida, kasaldan sog ‘ayganida kuzatiladi.
Manfiy azot muvozanati qabul qilingan azot miqdoridan, ajral
gan azot miqdorini k o 'p b o iish i bilan xarakterlanadi. Bunday holat
oqsil taqchilligida va o g i r kasalliklar paytida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: