azotsiz qoldiqlari yana o'zgarishda davom etadi va ulardan karbo-
nat angidrid gazi ham da suv hosil b o ia d i.
Organizmda oqsillarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan
ammiak (zaharli modda) jigarda zararsizlantiriladi va u yerda mo-
chevinaga avlanadi, oxirgisi siydik tarkibida
organizmdan chiqa-
riladi.
Organizmda oqsillarning parchalanishining oxirgi mahsulotlari
bo'lib faqatgina m ochevina hisoblanmasdan, ular qatoriga siydik
kislotasi va boshqa azotli moddalar ham kiradi. Ular organizmdan
siydik va ter bilan chiqarib yuboriladi.
Bolalarda oqsillar almashinuvining o‘ziga xos xususivat-
lari.
Bolalar organizmida o'sish va rivojlanish. yangi hujayralar va
to'qimalarning shakllanish jarayonlari jadal kechadi. Bu esa bolalar
organizmiga voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan ancha katta miq-
dordagi oqsillarning tushishini talab qiladi, O'sish
jarayoni qanchalik
jadal kechsa, oqsilga bo'lgan talab ham shunchalik katta bo'ladi.
Organizmdagi oqsillar almashinuvi darajasining ko'rsatkichi
bo'lib oqsilli ovqatlar bilan organizmga kiritilavotgan va siydik bi
lan organizmdan chiqarilavotgan azotlar miqdori orasidagi nisbat
hisoblanadi. Barcha to'yim li moddalar orasida faqatgina oqsillar
tarkibida azot saqlanganligi va faqat u bilangina organizmga tu-
shadi. Organizmga oqsilli ovqatlar bilan kiritilavotgan azotning
miqdori, siydik bilan chiqarilayotgan
azotning miqdoridan yuqori
bo'lganligi sababli bolalarda azotli muvozanat musbat bo'ladi,
faqatgina yuqoridagiday holatlarda o'sayotgan organizmning oqsil-
larga bo'lgan talabi qondiriladi.
Bolalar bir yoshgacha bo'lgan muddatda har bir kilogramm ti-
rik vaznga 4 -5 g dan: 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan muddatda
4-4,5 g; 6 dan 10 yoshgacha 2,5-3 g: 12 yoshdan yuqori bo'lganda
- 2-2,5 g ni tashkil etsa. voyaga yetgan odam larda 1,5-1,8 g ga
teng bo'ladi. Demak, bolalarning voshi va tirik o g ’irligiga bog'liq
holda 1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan vaqtda bir kecha-kunduzda
30-50 g, 4 yoshdan 7 yoshgacha - 70 g ga yaqin, 7
yoshdan bosh-
lab - 75-80 g oqsil olishlari kerak. Bunday ko'rsatkichlarda orga
nizmda azot maksimal darajada ushlab qolinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oqsillar organizmda zaxira holda jam lanm aydi, shuning uchun
organizmning talab darajasidan oziqlar bilan ular k o 'p berilsa azot-
ning ushlab qolinishi ham ko'payadi va, nihoyat, oqsillar sintezla-
nishi kuzatilmaydi. Bu paytda bolalarning
ishtahasi yomonlashadi,
kislota - ishqor tengligi buziladi, siydik va najas bilan azotning
chiqarilishi tezlashadi. Bolalarga maqbul miqdorda barcha am inok
islotalar yig'indisiga ega bo'lgan oqsillar berilishi zarur, bu vaqtda
oqsillar, yo g'lar va uglevodlarni ovqatlar
tarkibidagi miqdorlari-
ning o'zaro nisbati 1 : 1 : 3 bo'lishi ta ’minlanishi kerak, ana shun-
dav sharoitlardagina organizmda ushlab qolinadigan azotning
miqdori maksimal darajada bo'ladi.
Biz yuqorida aytganimizdek, organizmga oqsilli oziqlar bi
lan tushayotgan azotning katta qismi siydik bilan ajratiladi. Yosh
o'zgarishi bilan siydik tarkibidagi azotning miqdori ham o'zgaradi.
Bolani dastlabki tug'ilgan kunlarining boshida bir kecha kunduzlik
siydikning 6 -7 % ini azot tashkil qiladi. Yosh ulg'ayishi bilan siy
dik azotining nisbiy miqdori kamayadi.
Dostları ilə paylaş: