Fiziologiyasi va gigiyenasi


Energiya alm ashinuvining yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

12. 6. Energiya alm ashinuvining yoshga oid xususiyatlari
Asosiy almashinuv. 
Hattoki odam toMiq tinchlik sharoitida ham 
m a'lum darajada energiya sarflaydi. Bir daqiqa ham to'xtam ay- 
digan organizmdagi fiziologik jarayonlarning kechishiga to ‘xtovsiz 
energiya sarflanadi.
Organizm uchun moddalar almashinuvining eng kam darajasi 
va energiy a xarajati asosiy almashinuv deb ataladi. Odamlarda aso­
siy almashinuv m uskullar ish bajarmagan, tinchlik paytida yotgan, 
och vaqtida, ya'ni ovqat yeyilganidan keyin 12-16 soat o'tgach, 
harorat 18-20°C bo'lganda (komfort) aniqlanadi. 0 ‘rta yoshdagi 
odam larda asosiy almashinuv bir kecha-kunduzda 1 kg tirik vazn- 
ga 4187 joulni tashkil qiladi. Bu esa bir kecha-kunduzda o'rtacha 
714000-7560000 joulga tengdir. Har bir odam uchun asosiy al- 
mashinuvning o ic h am i nisbatan doimiydir. Yosh bolalarda asosiy 
almashinuv voyaga yetgan odamlarga nisbatan jadalroq, chunki 
gavda massasiga to 'g 'ri keladigan tana yuzasi ularda voyaga yet­
gan odamlardagiga nisbatan ancha katta. Bundan tashqari, ularda 
assimilatsiya jarayoni dissimilatsiyadan ustundir.
Bola qanchalik yosh b o ' Isa. o 'sish uchun sarflanadigan ener­
giyaning xarajati ham shuncha yuqori bo'ladi. Demak, o'sish bi­
lan bog'liq bo'lgan energiya sarfi uch oylik bolalarda ovqatlar- 
ning umumiy energetik qiymatining 36 % ini. olti oylik bolalarda
26 % ni. o 'n oylik bolalarda 21 % ni tashkil qiladi.
Bolalarning yoshlik davrlardagi asosiy almashinuvning o'zga- 
ruvchanligi va uning katta, jadalligi massa birligiga va yuza bir- 
liklariga hisoblaganda juda yaqqolroq ko'rinadi. Voyaga yetgan 
odamlarning 1 kg tana og'irligiga to 'g 'ri keladigan asosiy almashi-
381
www.ziyouz.com kutubxonasi


nuvi 96000 joulni tashkil etsa, 8-10 yoshli bolalarda asosiy alma- 
shinuv voyaga yetgan odamlarga nisbatan 2 -2 ,5 marta vuqoridir.
A sosiy almashinuvning o'lcham i qiz bolalarda o 'g ‘ il bolalarga 
nisbatan past, jinslar orasidagi farq bolalar havotining birinchi yili- 
ni ikkinchi yarmidayoq namoyon bo'ladi. O 'g 'il bolalar tom onidan 
bajariladigan ishlarning ko‘lami qiz bolalarnikiga nisbatan yuqori 
bo‘lganligi sababli, energiya sarfi ham yuqori bo'ladi.
Asosiy almashinuv o'lcham ini aniqlash ko'pchilik holatlarda 
diagnostik ahamiyatga ega, qalqonsimon bezning m e'yoridan ortiq 
funksiyasida va boshqa ayrim kasalliklar paytida asosiy alm ashi­
nuv ortadi. Qolqonsimon bez, gipofiz, jinsiy bezlar faoliyati yetar- 
licha bo ‘lmaganida asosiy almashinuv pasayadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin