Fiziologiyasi va gigiyenasi


Maktab yoshi haqida tushuncha



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Maktab yoshi haqida tushuncha. 
«Bolalar maktabda o'qish- 
ga tayyor» tushunchasi shartli tushunchadir. M asalan, bir qator 
mualliflar bu joyda bolaning jismoniy, ijtimoiy va ruhiy rivojlan­
ish darajalarini birinchi o'ringa qo'yishsa, boshqalar esa a'zo va 
tizimlarning funksional yetukligini. uchinchi guruh vakillari esa 
bolalarni maktabga aloqador bo'lgan organizmining zo'riqishga 
bo'lgan tayyorgarligiga katta ahamiyat beradilar. M aktabda o'qish- 
ga tayyor degan tushuncha, bolaning maktabda ta'lim olishiga 
kerak bo'lgan barcha talablarni bajara olishini ta ’minlovchi jis ­
moniy va ruhiy rivojlanishini bildiradi. Bolaning maktabda o'qish- 
ga qodirligini baholashda faqatgina ijtimoiy shart-sharoitlar bilan 
b og'liq bo'lgan uning aqliy rivojlanish darajasinigina emas, bal- 
ki organizmning morfofunksional yetuklik holatini ham e ’tiborga 
olish zarur. Buning uchun bu qobiliyatni tekshirishda organizmning 
biologik yetukligi, jism oniy rivojlanishning barkamolligi, bola sa- 
lomatligi va funksional tizimlarning holati ham aniqlanadi.
Adabiyotlarda keltirilgan m a'lum otlarga ko'ra, biologik yosh 
pasport yoshiga mos yoki ilgarilab ketgan, nutqi yaxshi rivojlan- 
gan, sog'lom (1- va 2- darajali sog'lom guruhga kiruvchi) bolalar 
o'qishning dastlabki bosqichidayoq yuqori ish qobiliyatiga ega 
b o'lishi aniqlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


UmumtaTim maktabining birinchi sinfidagi o'quv tartibining 
xususiyati shunga b o g iiq k i. maktabga borish vaqtiga kelib bola­
ning funksional tizimlari m a iu m darajada rivojlanib oigan. u jis ­
moniy va ruhiy jihatdan maktabda o'qishga yetilganlik ko'rsat- 
kichlariga ega b o ia d i. M aktabga «yetilmaganlik». I. D. Dubinskiy 
(1975). М. V. Antropova. S. P. Yefremova (1976) fikrlariga qara­
ganda organizmning umumiy rivojlanishdan orqada qolgani bilan 
emas. balki a'zolar va ularning tizim larning yetarii darajada yetil- 
maganligi. o'quv jarayonida ular ancha zo'riqishi bilan ifodalanadi. 
Bolalarning ruhiy. jism oniy jihatdan maktabga yetarlicha tayyor- 
lanmaganligi ko'pincha salom atligida ro'y bergan o'zgarishlarga 
b o g iiq b o ia d i.
S o g io m bola organizmi 6 -7 yoshga kelib maktabda o'qishga 
faoliyat jihatdan. asosan. yetilgan bo'ladi. 6 -7 yoshli bolaning 
markaziy asab tizimi va tayanch-harakat apparatlaridagi o'zgarish- 
lar. maktabgacha tarbiya muassasalari va oilada berilgan to 'g 'ri tar­
biya bolani maktab tartibiga biologik jihatdan tavyor qilib qo'yadi.
M aktabga kirishda funksional jihatdan yetilmagan. deb topil- 
gan bolalarning у arm id an k o 'p ro g 'id a 1- sinfga qabul qilinganidan 
keyin m ashg'ulotlar davom ida surunkali kasalliklarining q o ‘zishi 
yoki boshqa kasalliklar tufayli salomatligi yomonlashib qolishi 
mumkin. Tibbiy xodim lar maktabga kirayotgan har bir bolaning 
salomatligi qanday ekanini yaxshi bilishi kerak. Darslar jarayoni- 
ning organizm funksional holatiga hamda «yetilmagan.» bolalar 
salom atligiga yomon ta'sir qilishi.darslarni yaxshi o ’zlashtirm aslik 
bolaning maktabda o'qishi. tibbiy va pedagogika nuqtayi nazaridan 
maqsadga muvofiq emas. deb hisoblashga asos bo'ladi.
Salomatlikka zarar yetmasligi uchun maktabga kiruvchi bo­
lalarning «уetukligini». aniqlashda mavjud bo'lgan «Bolalarning 
m aktabga kirishga funksional tayyorligini aniqlashga doir meto- 
dik tavsiyalar» asosida ish olib borish zarur. Bolalar m aktabga 
borishdan bir yil oldin sentabr-oktabr oylarida tibbiy tekshiruvdan 
t o i a o'tkaziladi. Ayni vaqtda bolalar muassasasida yoki bolalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


poliklinikasining maktabgacha tarbiya bo'lim ida bolalarning mak- 
tabga funksional jihatdan nechog'li yetilganligi psixofiziologik 
jihatdan tekshirib ko'riladi. Bular quydagilardan iborat: tovushni 
talaffuz qilishdagi nuqsonlar, doirani chizish, odam rasmini chizish 
va h. k.
Tibbiy tekshiruvlar bolaning salomatligi tufayli m aktabda 
o 'qishga yetilmaganini aniqlashga imkon beradi. Bunday bolalar­
ga sogiom lashtiruvchi davo chora-tadbirlari buyuriladi. Natijani 
tekshirib ko'rish uchun bolalar maktabga kirgan yilning fevral- 
mart oylarida takror tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va bolalar po- 
liklinikasining maktab shifokori, logoped va pedagogdan iborat 
tibbiy-pedagogika hav’ati m aiu n io tlari asosida xulosa chiqaradi. 
Psixofiziologik ko'rsatkichlari jihatidan maktabda o'qishga nolo- 
yiq yoki hali yetilmagan deb topilgan bolalar bir yilga bolalar kom- 
binatida qoldiriladi.
Bola organizmining morfologik tuzilish xossalari, pedagogika 
jarayoni va o'quv m ashg'ulotlari tufayli uning organizmida kuza- 
tiladigan o'zgarishlarning xususiyatiariga qarab maktabda o'qish 
davri ni bir necha bosqichga bo'lish mumkin.
Birinchi bosqich bir qadar m a'lum vaqt qimirlamasdan o'tirib 
o'qish va yozish malakalarini egallash bilan belgilanadi. Keyin­
gi bosqichlarda bolalar bosh miya p o 'stlo g 'i hujayralari ishtiroki 
ham da shartli refleks reaksiyalari asosida bilim oladilar.
M aktabda o'qiy boshlagan 6 -7 yoshli bolalar dastlab mak­
tab sharoitiga o'rganishga ancha qivnaladilar. Chunki ular o'zlari 
uchun notanish b o ig a n yangi bolalar va kattalar jam oasiga, kun 
tartibiga, o'qituvchining talablariga, darslarda ko'proq qim irla­
masdan o'tirish zarurligiga asta-sekin moslashib boradi.
Birinchi sinf o'quvchilarining darslarga moslashishi uchun bi­
rinchi yarim yillikda darslar muddatini kamaytirish maqsadga mu- 
vofiqdir. 6 -7 yoshli bolalarning funksional imkoniyatlariga ko'ra, 
o'quv yilining ikkinchi varmida darslar muddatini asta-sekin oshi- 
rib borish kerak. Sentabr-oktabr oylarida 30 daqiqali 3 ta darsdan,
www.ziyouz.com kutubxonasi


noyabr-dekabrda 4 ta darsga, ikkinchi yarim yillikda 35 daqiqali
4 ta darsga o'tiladi. Shunda bolaning fiziologik faoliyati va fanlar- 
ni o'zlashtirish qobilivati butun o'quv yili davom ida bir maromda 
saqlanib qoladi.
7 yoshga to im asd an turib o'qishga kirgan bolalarda moslanish 
qiyin o'tadi. M aktabga faoliyat jihatidan yetuk boim aganlarning 
soni 7 yoshli bolalar orasida turli mualliflarning m a’lumotlariga qa- 
raganda. 0 dan 15.7 % gacha borsa. 6 yoshli bolalar orasida 6.7 % 
dan to 51 % gacha yetadi. O 'quv vili davomida 6 yoshli bolalar 
7 yoshlilarga nisbatan ko'proq charchaydilar. 6 -7 yoshli bolalar ish 
qobilivatining har xil b o iish i, yoshga aloqador ruhiy-jismoniy im- 
koniyatga bog'liq. 6 yoshli bolalarning saiga charchashi, betoqat- 
lanishi oliy nerv faoliyatining yoshga aloqador xususiyatlariga 
bog'liq. Shuning uchun 1- sinf o'quvchilarini kuni uzaytirilgan gu- 
ruhga olib, bu guruhda kunduzi 1-1.5 soat ochiq havoda uxlashini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin