Fiziologiyasi va gigiyenasi


Oliy asab faoliyati haqidagi tushuncha



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Oliy asab faoliyati haqidagi tushuncha. 
Shartli reflek­
tor faoliyatlar asab tizim ining shaxsiy xususiyatlariga b o g iiq . 
Asab tizim ining shaxsiy xossalari individning irsiy xususiyatlari 
va uning hayotiy tajribasi bilan ta’minlanadi. U shbu xossalarning 
y ig in d isi oliy asab faoliyatining tipi deb ataladi.
Asab jaravonining xossalari I. 
P. Pavlov o'zining k o'p yillar 
mobaynida hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo'lish xususi­
yatlari va ularning kechishini o'rganish natijasida oliy faoliyatining
4-ta tipini ajratdi. U kishi tiplarni farqlashni uchta asosiy belgilariga 
qarab bajarishni taklif qildi: 1) q o 'zg'alish va torm ozlanish jarayon- 
lari kuchiga qarab; 2) o'zaro muvozanatlashishiga, va'ni q o 'z g 'a ­
lish va torm ozlanish jarayonlari kuchi nisbatiga qarab; 3) q o 'z g 'a ­
lish va torm ozlanish jarayonlari harakatchanligiga, y a ’ni, aksincha. 
qo'zg'alishni torm ozlanishga aylanish tezligiga qarab.
Oliy asab faoliyati tiplarining klassifikatsiyasi 
I. A. Pavlov 
ana shu uchta asosiy xossalarning namoyon b o iish i asosida quyi- 
dagilarni farqlashni taklif qildi:
1) kuchli tip, lekin m u vo zanat I ash m agan q o 'zg'alish tormozla- 
nishdan ustun («jonsarak tip»);
2) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari tez harakatchan 
(«harakatchantip»);
3) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari kam hara­
katchan («tinch», kam harakatchan, inert tip);
4) zaif-kuchsiz tip, asab hujayralari ish faoliyatining yo'qolishi- 
ga olib keluvchi tez charchashi bilan xarakterlanuvchi tip.
I. 
P. Pavlovning o'qtirishicha. hayvonlarda topilgan oliy asab 
faoliyatining asosiy tiplari eramizdan oldingi IV asrda yashagan 
yunon hakami Gippokrat tom onidan aniqlangan odamlarning to 'rt 
temperamenti - mijoziga to ’g 'ri keladi. Kuchsiz tip melanxolik 
mijozga. kuchli muvozanatlashmagan tip xolerik mijozga; kuchli
www.ziyouz.com kutubxonasi


muvozanatlashgan harakatchan tip sangvinik mijozga; kuchli mu- 
vozanatlashgan. asab jarayonlari zaif harakatchan flegmatik m ijoz­
ga to 'g 'ri keladi.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, odam larning bosh miyasi katta 
yarim sharlari ijtimoiy jonzot singari hayvonlarnikiga nisbatan an­
cha takom illashgan sintetik faoliyat xususiyatiga ega. Odamlarga, 
nutq funksiyasiga ega bo'lgan sifat jihatidan maxsus asab faoliyati 
xosdir.
1. P. Pavlov odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo'lgan o'zaro 
aloqasi, muvozanatlashganligi bilan bir-biriga bog'liq bo'lgan sig- 
nallar tizimi bilan bir qatorda oliy asab faoliyatining maxsus odam ­
larga xos tiplarini ajratdi.
1. Badiiv tip. Birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan 
ustun b o iish i bilan xarakterlanadi. Bu tipga voqelikni to 'g 'rid a n
to 'g 'r i qabul qiladigan. undan keng sezgilar tarzida foydalanadigan 
odam lar kiradi.
2. Tafakkur tipi. Bu tipga kiruvchi odam larda ikkinchi signal 
tizimi ustunlik qiladi. «mutafakkirlar» doimo abstrakt fikrlash qo- 
biliyati bilan ajralib turadi.
3. Juda ko'pchilik odamlar. har ikkala signal tizim ining faoli­
yati muvozanatlashgan o'rta-oraliq tipga kiradi. Bu tipga kiruvchi 
odam lar ko'rgan narsalarini, eshitgan hodisa va jarayonlar haqida 
o 'z fikrlarini to 'liq va ajoyib tarzda tahlil qilish va xulosa chiqarish 
qobilivatiga ega.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin