Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Q onning oqish tezligi. 
Qon ham xuddi daryodagi suv kabi 
uning tor jovida tez. keng joyida esa sekin oqqanidek tom irlarning 
umumiy yig'indisi tor bo'lgan joy lard a tez (arteriyalarda) va keng 
bo'lgan joylarda (kapillarlarda) jud a sekin oqadi.
Qon aylanish tizimining eng tor qismi aorta hisoblanadi, unda 
esa qon eng tez oqimga ega (500 mm/s). Aortaning har bir arteri­
yasi, odam tanasidagi ham m a arteriyalarning ko'ndalang kesimi- 
ning yuzasi, aorta yuzasidan katta. Barcha kapillarlarning yuza­
sini umumiy yig'indisi aorta yuzasidan 800-1000 martaga katta 
va kapillarlarda qonning oqish tezligi esa aortadagiga qaraganda
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 ООО martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin 
oqishi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi hamda to ‘yimli moddalar- 
ni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to'qim alardan qonga 
o ‘tishini ta'm in etadi.
Qonning aylanish tezligi yosh ulg'ayishi bilan sekinlashadi, bu, 
o ‘z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog'liq b o ‘lsakeyingi davr- 
larda esa tom irlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog'liq. 
Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlar- 
da oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug'ilgan bolalarda 
qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to 'liq aylanib chiqishi 
uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5 s dan 
ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odam larda qon aylanish vaqti 
22 s tashkil qiladi.
9. 10. Qon aylanishining boshqarilishi
Yurak va tom irlar innervatsiyasi. 
Yurakning faoliyati ikki juft 
nervlar: adashgan va simpatik nervlar bilan boshqariladi. Adash- 
gan nerv uzunchoq m iyadan boshlansa, simpatik nerv esa orqa mi- 
yaning bo'yin qismidagi simpatik tugunidan boshlanadi. Adashgan 
nerv yurak faoliyatini tormozlaydi. Simpatik nerv bo'ylab yurakka 
tushayotgan nerv impulslari ta'siri ostida yurakning faoliyat ritmi 
tezlashadi va har bir yurakning qisqarishi kuchli bo'ladi.
Qon aylanuvchi tom irlar ko'ndalang kesimi yuzasining o'zga- 
rishi simpatik tomirlarni toraytiruvchi nervlar bo'ylab tom irlar de- 
vorlariga keladigan impulslari ta ’siri ostida yuz beradi.
Bola tug'ilish paytida uning yurak muskullarida simpatik nervi- 
ni ham parasimpatik nervlarining uchlari yetarlicha yaxshi ko'rinib 
turadi. Bolalar hayotining dastlabki yillarida (2-3 yoshgacha) sim­
patik nervning yurakka tonik ta ’siri ustun bo'ladi, bunda yurakni 
qisqarish chastotasi bo'yicha gap yuritish mum kin (yangi tug'ilgan 
bolalarda 1 daqiqada 140 martagacha qisqaradi). Bu yoshda adash­
gan nerv markazining tonusi past bo'ladi.
297
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolaning yoshi ulg'ayishi bilan adashgan nervning yurakka 
ta'siri orta boradi. I. A. Arshavskiy fikricha, bu jaravonda muhim 
rolni skelet muskullarining rivojlanishi o'vnaydi. Bola 3^4 oylik 
bo‘lganida u boshini tuta oladi. ayni shu yoshda adashgan nervni 
yurak faoliyatiga ko'rsatuvchi ta'sirining dastlabki belgilari na- 
m oyon b o ‘la boshlaydi (k o'z olmachasini bosish reflektor ravishda 
yurak ritmining sekinlashishini chaqiradi).
3—4
voshli bolalarda harakat faolligi jiddiy darajada ortadi, bu 
vaqtga kelib adashgan nervning tonik ta'siri mustahkamlanadi. Bo­
lalarda harakatlarning to'xtatilishi adashgan nervning yurak faoli­
yatiga ta ’sirining to'xtalishi bilan birgalikda kechadi. 7 yoshdan 
12 yoshgacha bo'lgan muddatda adashgan nervning boshqaruv- 
chilik roli ortadi, y a'ni yurakning qisqarish ritmining sekinlashishi 
bilan birga kechadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin