Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

baroretseptorlar
y o k i
pressoretsep-
torlar
deb yuritiladi. Aortada qon bosimining ko'tarilishi uning 
devorlarini cho'zilishini chaqiradi va oqibatda aortal refleksogen 
zonaning pressoretseptorlarini qo'zg'atadi. Retseptorlarda yuzaga 
kelgan q o 'zg 'alish aortal nerv b o ‘ylab uzunchoq miyagacha yetib 
boradi. Reflektor ravishda adashgan nervlarning yadrolari tonusi 
ortadi va yurak faoliyatining tormozlanishini chaqiradi, natija- 
da yurak qisqarishining chastotasi va kuchi kamayadi. Tomirlar- 
ni toraytiruvchi markaz tonusi bu paytda pasayadi, bu esa ichki 
a ’zolar tom irlarining kengayishini chaqiradi.
Yurak ishini tormozlanishi va qon tomirlari teshiklarini kenga- 
yishi, ko'tarilgan qon bosimini normal o'lcham gacha tiklanishiga 
olib keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uyqu arteriyasining tashqi va ichki arteriyalarga tarmoqlanuv- 
chi joyida sinokarotidli refleksogen zona joylashgan. Aynan shu 
joyda karotidli sinusda qon bosimi ko'tarilganidan qo'zg'aladigan 
pressoretseptorlar joylashgan. Sinokarotidli. nerv bo'ylab q o 'z g 'a - 
lish (tiltomoq nervlari tarkibida) uzunchoq miyagacha yetib boradi. 
Qon bosimini tenglashishiga olib keluvchi keyingi mexanizm lar 
xuddi aortal refleksogen zonalaridagi reaksiyalar kabi kechadi.
Qon aylanishining gumoral boshqarilishi. 
Yurak va tomirlar 
faoliyatiga qon tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta'sir k o 'rsa­
tadi. Buyrak usti bezidan adrenalin gormoni ishiab chiqiladi va u 
yurak faoliyatini kuchaytiradi va tezlashtiradi. qon tom irlar teshigi- 
ni toraytiradi. Parasim patik nervlarning uchlarida 
atsetilxolin
hosil 
bo'ladi, u esa, o ’z navbatida, qon tomirlari teshiklarini kengayti- 
radi va yurak faoliyatini sekinlashtiradi va zaiflashtiradi. M odda­
lar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan ayrim tuzlar ham yurak 
ishiga ta'sir ko'rsatadi. M asalan, qon tarkibida kaliy ionlari kon- 
sentratsiyasining ko'payishi yurak ishini tormozlasa, kalsiy tuzlari 
ionlari konsentratsiyasini ko'payishi yurak faoliyatining tezlashishi 
va kuchayishini chaqiradi.
Gumoral ta'sirlar qon aylanish tizimi faoliyatining nerv bosh­
qarilishi bilan uzviy bog'liq. Qonga ajralavotgan kimyoviy m od­
dalarning o'zlari va ularning qon tarkibidagi konsentratsiyasini 
m a'lum darajada saqlab turilishi asab tizimi bilan boshqariladi.
Qon aylanish tizim ining barcha faoliyati organizmni turli sha- 
roitlarda zarur miqdordagi kislorod va to'yim li moddalar bilan 
ta'm inlashga, hujayralar va a'zolardan almashinuv mahsulotlarini 
chiqarishga, qon bosimini doimiy darajada saqlashga qaratilgan. 
Bu esa organizmning ichki muhitini doimiyligini saqlash uchun 
sharoit yaratadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin