tachali alveolar yo'llarga tarmoqlanadi, ularning devorlarida juda
ko'plab o'pka pufakchalari - alveolalar hosil bo'ladi.
A lveolalar nafas yo'llarining oxirgi qismi hisoblanadi. O 'pka
pufakchalarining devori bir qavat silliq
epitelial hujayralardan
tashkil topgan va har bir alveola tashqi tomondan qalin kapillarlar
to'ri bilan o'ralgan. A lveollalar va kapillarlar devori orqali gazlar
almashinuvi kechadi -
havodan qonga kislorod, qondan esa alveo-
lalarga karbonat angidrid gazi va suv b u g ia ri o'tadi.
O 'pkada 350 minggacha alveolalarni sanash mumkin. ularning
yuzasi esa 150 m : gacha yetadi. Alveolalarning
katta yuzasi juda
yaxshi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi. Bu yuzaning bir tomoni-
da doimiy ravishda tarkibi bo'yicha yangilanuvchi alveolar havo
tursa. boshqa tom onida esa qon tomirlari b o ’ylab oquvchi qon tura
di. Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va karbonat angid
rid gazlarining diffuziyasi amalga oshadi.
Jismoniy ish bajargan
paytda, y a ‘ni chuqur nafas olish paytida alveolalar jiddiy daraja-
da cho'ziladi. nafas olish yuzasining o'lcham i ancha kengayadi.
Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta bo'lsa, gazlarning dif
fuziyasi shuncha jadal kechadi.
Har bir o'p k a seroz po'stloq bilan qoplangan bo'ladi va plevra
deb ataladi. Plevraning ikki varag' i bo'lib. ulardan biri o'p k a bi
lan zich yopishgan bo'lsa. ikkinchisi ko'krak
qafasiga yopishgan
bo'ladi. Plevralar varag' i orasida uncha katta bo 'lm ag an
plevralar-
aro bo ‘sh!iq
bo'lib. seroz suvuqligi (1-2 ml) bilan to 'lg an bo'ladi
va u nafas harakatlari paytida plevra varaqlarining ishqalanishini
yengillashtiradi.
Bolalarda o'pkaning o'sishi. asosan. alveolalarning hajmini kat-
talashishi hisobiga amalga oshadi (yangi tug'tlgan bolalarda alveo
lalarning diametri 0,07 mm ni tashkil etsa. voyaga yetgan odamlarda
esa bu ko'rsatkich 0.2 mm ni tashkil etadi). Uch yoshgacha bo'lgan
muddatda o'pkaning jadal o'sishi va
uning ayrim elementlarining
tabaqalanishi yuz beradi. bolalar 8 yoshli bo'lganida alveolalarning
soni voyaga yetgan odam larnikiga tenglashadi. 12 yoshdan keyin
alveolalar jud a tez o'sadi. O 'pkaning hajmi 12 yoshda yangi tug'il-
gan bolalarnikiga nisbatan lO m artaga kattalashsa,
jinsiy yetilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
davrining oxiriga kelib - 20 martaga ortadi (asosan, alveolalarning
hajmini ortishi hisobiga).
Dostları ilə paylaş: