7-8 yoshga kelib jinsga ta'luqli nafas tiplari ajrala boshlaydi
yigitlarda qorin tipidagi, qiz bolalarda esa ko'krak tipidagi nafas
olishlar ustun bo'la boshlaydi. Nafas olishning jinsiy differensiya-
lanishi 14-17 yoshga kelib tamom bo'ladi. Shuni qayd qilish ke-
rakki, o'sm irlar va qiz bolalarga xos bo'lgan nafas tiplari sport bi
lan shug'ullanish yoki boshqa mehnat faoliyati bilan shug'ullanish
tufayli o'zgarishi mumkin.
K o'krak qafasining o'zig a xos tuzilish kuchiga va nafas mus-
kullarining unchalik baquvvat bo'lm asligi tufayli bolalarda nafas
harakatlari yuzaki va tez bo'ladi.
Nafas chuqurligi va chastotalari.
Voy aga yetgan odam daqiqa-
s ig a l5—17 marta nafas harakatlarini bajaradi: bir marta tinch-nor-
mal nafas olganda 500 ml havo oladi. Jismoniy ish bajarganda na
fas olish 2-3 martaga tezlashadi. Ayrim sport mashqlarini bajarish
paytida nafas harakatlari daqiqasiga 40-45 martagacha ortadi.
Jismoniy mashqlar bilan chiniqqan odam larda aynan bitta ish-
ni bajarish paytida o'pka ventilatsiyasining hajmi asta-sekin orta
boradi. ya'ni nafas olish shunchalik sekin. lekin chuqur bo ‘ladi.
Chuqur nafas olinganda alveolar havo 80-90 % ga ventilatsiya
qilinadi, ya'ni alveolalar orqali katta miqdordagi gazlarning dif-
fuziyasini ta'm inlavdi, Yuzaki va tez-tez nafas olinganda alveo
lar havoning ventilatsiyasi jiddiy darajada kam bo'ladi va nafas
olinayotgan havoning nisbatan katta qismi o 'lik bo'shliq deb ata-
luvchi - burun, halqum, o g 'iz bo 'sh lig 'i, kekirdakda va bronxlarda
qoladi. Shunday qilib, sport bilan shug'ullangan odamlar qoni sport
bilan shug'ullanm agan odamlarnikiga nisbatan kislorod bilan juda
yaxshi to'yinadi.
Nafasning chuqurligi bir marta nafas olinganida o'pkaga tusha-
digan havoning hajmi
Dostları ilə paylaş: