Tovush naychalarining taranglashish darajasiga qarab to-
vushlarning past-balandligi yuzaga keladi: naychalar tarang bo 'lsa
tovush - baland, bo'shashgan paytda esa past bo'ladi. Tovush nay
chalarining titrashini va tovushning hosil bo'lishini tilning, lablar-
ning va yuzning harakati, hiqildoqning o'zini muskullarini qisqa-
rishi ta’min etadi.
Erkaklarda tovush naychalari, ayollamikiga qaraganda ancha
uzun, shuning uchun erkaklarning tovushi ancha y o 'g 'o n .
Hiqildoq bolalarda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan kalta,
tor va yuqorida joylashadi. 1-8 yoshlarda va jinsiy yetilish davrida
hiqildoq ju d a jadal o'sadi.
12-14 yoshli o 'g 'il bolalarda qalqonsimon tog'aylarning plas-
tinkasi qo'shtom oq yoki kekirdak olmasi tutashgan joyida o 'sa
boshlaydi. tovush naychalari uzunlashadi. hiqildoqning o 'zi ke-
ngayadi va uzavadi, bu o'zgarishlar, qiz bolalarda ancha past b o 'la
di. O 'g 'il bolalarda bu davrda tovushning buzilishi (yo'g'onlashi-
shi) kuzatiladi.
K ekirdak va bronxlar.
Kekirdak hiqildoqning quyi chekkasi-
dan boshlanadi va u kovak buklanm aydigan uzunligi 10-13 sm
uzunlikdagi trubkadir. K ekirdakning ichki tom oni shilliq qatlam
bilan qoplangan, bu yerdagi epiteliylar k o 'p qatorli hilpildoq.
K ekirdakning orqa tom onidan qizilo'ngach joylashgan. K ekir
dak 1V -V k o 'k rak um urtqalari darajasida o 'n g va chap birlamchi
bronxlarga bo'linadi.
Bronxlar o 'z tuzilishi bo'yicha kekirdakning tuzilishini eslatadi.
O 'ng bronx chap bronxdan kalta. Birlamchi bronx o 'p k a darvozasi-
ga kirganidan keyin bronxlar daraxatini hosil qiluvchi ikkilamchi,
uchlamchi va boshqa qatordagi bronxlarga bo'linadi. Eng nozik
shoxchalar
bronxiolalar
deb ataladi.
Yangi tug'ilgan bolalarda kekirdak ingichka va kalta, uning
uzunligi bor-yo'g'i 4 sm ni tashkil qiladi, 14-15 yoshga borganida
esa kekirdak 7 sm gacha uzayadi.
Dostları ilə paylaş: