Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Ichaklarda ovqat hazmi. 
M e'da ichidagi massa. kislotali m e'da 
shirasiga to'yingan oziqa atalasi shaklida qisman hazm langan hol-
www.ziyouz.com kutubxonasi


da m e'da muskullarining harakati bilan uning chiqish q is m ig a -p i- 
lorik bo'lim ga keladi va porsiya-porsiya boMib m e’dadan ingichka 
ichaklarning boshlang‘ich q is m i - o 'n ikki barmoqli ichakka o ‘tadi. 
0 ‘n ikki barmoqli ichakning icbiga jigarning umumiy o ‘t y o 'li va 
m e’daosti bezining shira y o ‘llari ochiladi.
O 'n ikki barmoqli ichakda m e’da osti bezi shirasi, o 4 suyuqli- 
gi va ichak shiralari ta'sirida oziqa atalasining ancha jadal hazm- 
lanishi kechadi. Bu shiralar ta ’siri ostida oqsillar, y o g la r va ug- 
levodlarning surilishi va organizm tom onidan o ‘zlashtirilishi mum- 
kin b o ig a n darajada hazmlanadi.
Toza m e'daosti bezi shirasi - rangsiz, tiniq, ishqoriy muhitga ega 
suyuqlik bo'lib, tarkibida oqsillarni aminokislotalargacha parcha- 
lovchi tripsin fermenti saqlanadi; tripsin bez hujayralari tomonidan 
nofaol holatda ishiab chiqiladi va ichaklar shiralari fermentlari bilan 
faollashadi: shira tarkibida saqlanuvchi lipaza fermenti o ‘t suyuqligi 
ta ’sirida faollashadi va yog‘larga ta ’sir qilib, uni glitserin va yog1 
kislotalariga aylantiradi; amilaza va maltaza fermentlari murakkab 
uglevodlarni glukozalar tipidagi monosaxaridlargacha parchalaydi. 
M e'daosti bezi shirasi qabul qilingan ovqatlarning tarkibi va xusu- 
siyatlariga bog'liq holda 6-14 soat davomida ajraladi.
O 'n ikki barmoqli ichakka jigarning hujayralaridan ajraladigan
o 4 suyuqligi ham tushadi. 0 4 suyuqligining tarkibida oziq mod- 
dalarni parchalashda ishtirok etuvchi fermentlar bo'lm asa ham, 
ovqat hazmida uning roli ju da katta. Birinchidan, m e'daosti bezi 
hujayralaridan ishiab chiqiladigan lipaza fermentini faol holatga 
o'tkazadi; ikkinchidan, o ‘t yog'larni mayda tomchilarga aylan- 
tirib emulsiyalaydi (emulsiyalangan yogMar yengil hazmlanadi); 
uchinchidan, o 't suyuqligi ingichka ichaklarda so'rilish jarayoniga 
faol ta'sir ko'rsatadi; to'rtinchidan, m e’daosti bezidan shira ajra- 
lishinl tezlashishini ta ’minlaydi.
0 ‘n ikki barmoqli ichakdagi hazm jarayonlari ingichka 
ichaklarning och ichak qismida, och ichak esa yonbosh ichak qis- 
mida ham davom etadi. Voyaga yetgan odamlarda och ichakning 
uzunligi 5-6 m ni tashkil etadi, och ichakning ichki qismi - shilliq 
ju d a ko'plab o ;simtalarga yoki so‘rg4chlarga ega (voyaga yetgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


odam larda 4 rnln ga yaqin). S o'rg 'ichlar ingichka ichaklar yuza- 
sini keskin kattalashtirib yuboradi, bu esa, o 'z navbatida, to ‘yimli 
m oddalam ing so'rilish jarayonini bajarilishi uchun muhirn ahami- 
yatga ega. Ichaklar shirasi tarkibida 20 dan ortiq fermentlar borligi 
aniqlangan va ularning barchasi oziq moddalarning parchalanishini 
tezlashtirish xususiyatiga ega.
Ingichka ichaklarning devorlarida uzunasiga va aylanasiga joy- 
lashgan muskullar bo'lib. ularning qisqarishi m ayatniksimon va 
peristaltik harakatlarni keltirib chiqaradi, bu esa, o ‘z navbatida, 
ximus bilan hazm shiralarining aralashishini yaxshilaydi va ingich­
ka ichaklar ichidagi massalarni y o 'g 'o n ichaklar tomon harakatla- 
nishini ta'm in etadi. Y o'g'on ichaklarning uzunligi 1,5-2 m ni tash- 
kil etadi va bu ichaklarning eng keng qismidir. Y o'g'on ichaklarda 
chuvalchangsim on o'sim tasi bilan (apendiks) k o 'r ichak, chambar 
va to 'g 'ri ichaklar farqlanadi.
Y o'g'on ichaklarda oziqalarning fermentativ qayta ishlanishi 
deyarli bajarilmaydi. Bu yerda suv juda jadal so'riladi, buning nati- 
jasida uning oxirgi bo'lim larida najas shakllanadi va organizmdan 
chiqariladi. Y o'g 'o n ichaklarda juda ko'plab turdagi bakteriyalar 
yashavdi. Ulardan biri o'sim liklar kletchatkasini parchalaydi. bun- 
da odamlarning hazm shiralarida kletchatkani hazmlovchi ferm ent­
lar yo'q.
Y o'g 'o n ichaklarda bakteriyalar yordamida 

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin